O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Metod, uslub, romantizm, realizm, adabiy yo‘nalish, klassisizm



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/27
tarix07.04.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#94438
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
АРМга янги электрон адабиётлар

Metod, uslub, romantizm, realizm, adabiy yo‘nalish, klassisizm, 
modernizm, naturalizm, sentimentalizm, simvolizm 
 
San’at va adabiyotda hayot hodisalarini gavdalantirishning 
umumiy va farqli tomonlari mavjud bo‘lib, ular metod, uslub, adabiy 
yo‘nalish va maktab kabi badiiy hodisalarni yuzaga keltiradi. 
Metod hayot xaqidagi konsepsiya, hayotni aks ettirishning 
umumiy tamoyili, uslub metodning konkret badiiy ifodasi hisobladi. 
Ilmiy adabiyotlarda realizm va romantizm kabi ijodiy metodlar 
ajratilgan. 
Romantizm metodi hayot haqidagi, inson to‘g‘risidagi orzular 
ifodasidir. Bu metodda yaratilgan asarlarda xayoliy voqealar, 
orzulardagi obrazlar asosiy o‘rin tutadi.
 Realizm metodining o‘ziga xos xususiyati hayot hodisalarini 
bor bo‘yi bilan, real ko‘rsatishdan iborat. 
XX asr boshida amerikalik olim Uilson Alvin Bentli bir necha 
yil davomida olib borgan kuzatish va tajribalari asosida, butun yer 
yuzini qor qoplasa-da, hech bir qor zarrasi shaklan bir-birini 
takrorlamasligi, har biri o‘ziga xos dizayn durdonasi ekanini 
isbotlagan edi
1
. Bu haqiqatni yozuvchi va shoirlarga ham tatbiq qilsak, 
har bir san’atkorning olami - hayotiy tajribasi, bilim darajasi, didi, 
go‘zallikni ko‘ra bilishi, tasavvuri, xayolot dunyosi, qalb ko‘zi 
o‘zigagina tegishlidir va ana shu o‘ziga xoslik, individuallik - uslub 
deyiladi. 
Sharq mutafakkiri, shoh va shoir Boburning “Qachonki 
ko‘rgaysen mening so‘zumni, so‘zumni o‘qib anglagaysen o‘zumni” 
kabi misralarida aynan har bir ijodkorning o‘ziga xos uslubi, voqelik 
va insonni idrok qila olish tarzi borligi haqida fikr bildirilgan. Demak, 
uslub orqali ijodkor dunyosi: uning xayoloti, tasavvuri, bilimi, 
iqtidori, shaxsiyati - butun borlig‘i namoyon bo‘ladi. Masalan, Oybek 
uslubiga epik kenglik, peyzaj tasviriga boylik xos bo‘lsa, Abdulla 
Qahhor uslubi qisqalik, voqeani qiziq, kutilmagan tarzda boshlanishi 
bilan farq qiladi, L.Tolstoy uslubi esa kishilar ruhiyati tahlili sohasida 
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
1
www.lookatme.ru/flow/posts/photo-radar/61848-uilson-bentli-i-ego-snezhinki


27
Metod va uslub kesishgan nuqtada adabiy yo‘nalish vujudga 
keladi.
1
Klassisizm, barokko, naturalizm, simvolizm, sentimentalizm, 
modernizm va boshqa shu kabi adabiy yo‘nalishlar mavjud.
Adabiy maktab – badiiy asarni tadqiq qilish usuliga ko‘ra 
tipologik xususiyatlarga ega bo‘lgan bir guruh olimlar va 
ijodkorlarning birlashuvi. Shunga ko‘ra adabiy maktablar mifologik, 
germenevtik, qiyosiy-tarixiy, madaniy-tarixiy, biografik kabi turlarga 
bo‘linadi. Har bir maktab o‘z asoschilari, tadqiqot usuli va nazariy 
konsepsiyasiga ega.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin