66
bozorga ta‘siri ko‗rsatish uchun qo‗llanishi bilan qoniqtirmaydi. Ammo ko‗p
masalalarni yechishda yordamga maxsus belgilanadigan bank stavkasi kelishi
tufayli, uni baza sifatida olish lozim.
Ikkinchi savolga javob topish yengilroq ko‗chadi, chunki foiz stavkasining
ikala metodi ham ko‗riladi. Lekin odatda ko‗pincha murakkab foiz stavkasi
sxemasiga moyillik seziladi, chunki unda daromad ham boshlang‗ich summaga, ham
hisoblab borilgan daromad foiziga qo‗shib hisoblanadi. Oddiy foiz stavkasida esa
faqat boshlang‗ich summaga foiz daromad hisoblanib borilib, asosiy summa ohirida
qaytarilib beriladi. Murakkab foizlar sxemasida investor o‗zing depozitga qo‗ygan
puli va foiz daromadi summalarini bankdan qaytarib olmaydi deb qabul qilinadi. Bu
esa investor uchun sezilarli risklarni keltirib chiqaradi. Lekin ushbu sxema investor
uchun oddiy foizlar sxemasiga qaraganda nisbatan kattaroq daromad keltiradi.
Murakkab foizlar sxemasi bo‗yicha bunday daromad investorning katta riskiga
qo‗shimcha haq sifatida qaraladi.
Pul oqimlarini diskontlash asosida qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗-liq
operatsiyalar parametrlarini miqdoriy baholash metodi uchun alohida tushunchalar va
terminologiya kiritilgan bo‗lib, ularni qisqacha keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: