- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha – 3 yil muddatga;
- 3 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha – 5 yil muddatga;
- 10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda – 7 yil muddatga beriladi.
Shuningdek Farmonda ko’rsatilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida
qo’llanilishi belgilab qo’yilgan:
- mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo’lgan mintaqalar –
Qoraqalpog’iston
Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo,
Sirdaryo, Surxondaryo,
Xorazm
viloyatlarida, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Farg’ona
viloyatlarining qishloq aholi punktlarida
joylashtirish;
- xorijiy investorlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy
investisiyalarni O’zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga
oshirish;
- korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50
foizni tashkil etishi lozim;
- ushbu korxonalar davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin to’g’ridan-to’g’ri
xususiy xorijiy
investisiyalarni kiritish;
- xorijiy investisiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy
texnologik uskuna tarzida qo’yish;
- mazkur imtiyozlarning qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan
daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida
qayta investisiyalashga
yo’naltirish.
Dostları ilə paylaş: