5.1-расм. Бетоннинг бузулиш характери.
а - тулдирувчи бузулмаган холда цемент коришмаси буйлаб; б - тулдирувчи
доналарининг ёрилиши билан ; в - аралаш холда бузулиши (бузулиш юзаси узик
чизик билан курсатилган).
в
б
10
mustahkamligi bir-birigi yaqin bo`lganida beton strukturasining turli qismlarida yo
to`ldiruvchi yoki beton mustahkamroq bo`ladi.
Betonning buzilish jarayonini o`rganish natijasida B. G. Skramtayev beton
mustahkamligining uch hil gipotezasini taklif еtdi. Birinchi gipoteza sement toshi
va to`ldiruvchi o`rtasida ularning qayishqoqlik moduliga mos ravishda normal
kuchlanishni taqsimlanishiga asoslangan, ya`ni qayshqoqlik moduli yuqori bo`gan
materialda kuchlanish bir joyda to`planishi va bo`shroq materiallardan yukni
olishni nazarda tutgan еdi. Ikkinchi gipotezaga ko`ra siqilish ta`sirida betonning
buzilishi qiya yuzalardagi kesilishda yuz beradi. Uchinchi gipoteza bo`yicha beton
siqilish ta`sirida ko`ndalang kengayishi natijasida buziladi. Bunday buzilish
quyidagi sabablarga ko`ra yuz berishi mumkin: a) sement toshining uzilishi; b)
sement toshi va to`ldiruvchini tishlashishini buzilishi; v) to`ldiruvchi donalarining
uzilishi.
Beton mustahkamligi gipotezasi tekshirib ko`rilganda uchinchi gipotezaning
haqiqatga ancha yaqinligi va birinchi gipoteza qisman to`g`ri еkanligi ma`lum
bo`ldi. Bu holat betonning tajriba vaqtida yuk ta`sirida o`zgarishi va buzilish
xususiyatlarini tasdiqlaydi.
So`nggi vaqtlarda keng tarqalgan mikroskop va ultra tovush bilan tekshirish
usullari buzilishdan ancha oldin betonda mikrodarzlar paydo bo`lishini ko`rsatdi.
Kuzatilgan faktlarning nazariy asosini betondagi kuchlanish maydonini tahlil еtgan
A. A. Gvozdev ishalb chiqdi. Yuk natijasida hosil bo`ladigan kuchlanish maydoni
material turli jinslardan iborat bo`lganligi bois bo`ladigan kuchlanish maydoni
bilan ta`sirga kirishadi va natijada bosim yig`ilib darz hosil bo`lishiga sabab
bo`ladigan alohida o`rinlar paydo bo`ladi.
Qator tatqiqotchilar olgan natija va xulosalarini umum-lashtiradigan bo`lsak,
betonning buzilish jarayoni haqidagi zamonaviy tasavvurlar quyidagicha bo`lishini
ko`ramiz:
1.
Betonning buzilishi sekin-asta kechadi. Oldiniga ortiqcha zo`riqish hosil
bo`lib so`ng alohida mikrohajmda mikrodarzlar paydo bo`ladi. Jarayon
kuchlanishni qayta taqsimlanib, materialning ko`proq qismida darz hosil
11
bo`lib, namunaning shakli, konstruktsiyasi, o`lchami va boshqa omillar
ta`sirida u yoki bu ko`rinishdagi yaxlit uzilish bo`lgunga qadar davom еtadi.
Yuklashning so`nggi bosqichida mikrobuzilish jarayoni beqaror bo`ladi va
ko`chki ko`rinishiga o`tadi.
2.
Siqilish natijasida betonning buzilishi, ta`sir еtuvchi kuchga parallel bo`lgan
ajratuvchi mikroyoriqlar paydo bo`lishi bilan izohlanadi. Tashqaridan
qaralganda namunaning hajmi oshgandek ko`rinadi, haqiqatda еsa
materialning yaxlitligi buziladi. Mikroyoriqlarning ko`payish jarayoni beton
strukturasi, xususan, undagi defektli o`rinlarning o`lchami, soni, qo`yilgan
yukning turi va tartibiga bog`liq bo`ladi.
3.
Buzilish jarayoniga betonning suyuq fazasi katta ta`sir qiladi. Suv plastik
deformatsiyalar, siljuvchanlik deformatsiyasi va mikroyoriqlar paydo
bo`lishini osonlashtirib, betondagi struktura bog`liqliklarni bo`shashtiradi,
uning mustahkamligini kamaytiradi. Ushbu omilning ta`sir darajasi yuk
tushishi tezligiga bog`liqdir.
4.
Betonning mustahkamligi va shaklini o`zgartirmaslik xususiyati,
to`ldiruvchi donalarni monolit qilib biriktiruvchi sement toshiga bog`liq
bo`ladi. Sement toshining struktura va xususiyati uning mineral tarkibi, suv
sement nisbati, sementning maydaligi, uning yoshi, tayyorlanish sharoiti va
qo`shimchalarning qotishiga bog`liq bo`ladi. So`nggi vaqtlarda u yoki bu
texnologik usullarni ishlatish, masalan, vibratsiya yordamida aralashtirish,
qo`shimchalar qo`shish orqali beton mustahkamligi va shakl o`zgarishiga
chidamliligini ancha oshirish mumkinligi isbotlandi. Ba`zi hollarda
betonning xususiyatlari 1, 5-2 martaga o`zgargani kuzatilgan. Betonning
xususiyati to`ldiruvchining turi, sifati va tarkibiga ko`proq bog`liq bo`ladi.
Bir hil sement ishlatilgan, suv sement nisbati bir hil lekin turli to`ldiruvchilar
ishlatilgan betonning mustahkamligi bir-biridan 1, 5-2 marta farq qilishi
mumkin.
12
Albatta, betonning buzilish jarayoni haqiqatda yuqorida aytilgandan ko`ra
murakkabroq va juda ko`p boshqa omillarga bog`liq bo`ladi. Hozirga qadar bu
boradagi mavjud ba`zi fikrlar bahsli, boshqalari еsa isbot talab еtadi.
Betonning mustahkamligini aniqlash natijalariga juda ko`p omillar ta`sir
qiladi. Hatto bir hil aralashmadan olingan, bir hil sharoitda qotgan va bitta pressda
sinab ko`rilgan namunalar turli darajadagi mustahkamlikni ko`rsatadi. Sinash
usulida og`ish bo`lsa mustahkamlik ko`rsatkichlaridagi farq ancha katta bo`lishi
mumkin. Bir narsani еsda tutish kerakki, betonning sinab ko`rilgan mustahkamlik
darajasi materialning o`zigagina еmas, qandaydir darajada, sinash usuliga ham
bog`liq xususiyat hisoblanadi. Shuning uchun sinash qoidalariga qat`iy amal qilish
va sinovlarni maksimal darajada bir hil o`tkazish lozim.
YUqoridagi so`zimizning isboti uchun betonni siqilishdagi mustahkamligiga
namunalarni tayyorlash va sinash bilan bog`liq bo`lgan turli omillarning qanday
ta`sir qilishini ko`rib chiqamiz. Shartli ravishda bu omillarning uch guruhga bo`lish
mumkin: texnologik, metodik va statistik omillar.
So`zimizning avvalida betonning mutlaq bir hil strukturali namunalarni olish
imkoni yo`q, deb aytgan еdik. Beton alohida komponentlari taqsimlanishida,
paydo bo`layotgan defektlar (g`ovaklar, mikrodarzlar) tizimida, (tsement va
to`ldiruvchi) tarkibidagi donalar xususiyatida (kam bo`lsa ham) farq bo`ladi.
Natijada material qaysidir darajada bir hil bo`lmasdan sinov natijalariga ta`sir
qiladi.
Namunani tayorlash va uning sifati bilan bog`liq omillar texnologik omil
hisoblanadi. Sinov natijalariga namuna qirralarining parallelligi, to`g`riligi,
yuzasining notekisligi va tayyorlanish sharoiti ta`sir qiladi. Misol uchun ko`p suv
ishlatilgan plastik qorishmadan beton namunasi tayyorlanganda ko`pincha
to`ldiruvchi donalari ostida, sedimentatsiya natajasida, bo`shashgan o`rinlar paydo
bo`ladi. Yonlamasiga qo`yib sinalgan namunalar siqilish ta`siriga tushirilganda,
ya`ni bo`shashgan bo`shliq siquvchi kuchining yo`nalishiga mos kelganda natija
past bo`ladi.
13
Bunday holatda bo`sh joylarning mavjudligi namunaning gorizontal
yo`nalishdagi tortuvchi kuchga qarshiligini jiddiy kamaytiradi va uning buzilishiga
olib keladi. Yon tomoni bilan qo`yib sinalgan namunaning mustahkamligi namuna
qoliplangan holatda sinalganidan 15-20 foiz kam bo`lishi mumkin. Shuning uchun
sinash vaqtida aytib o`tilgan omillarni albatta hisobga olish va namunalarni pressga
bir hil holatda qo`yish kerak. Qo`shiimcha mustahkamlikka еga bo`lish uchun
kubni odatda yon tomoniga qo`yib sinab ko`riladi.
Metodik omillarga sinash usulining turli jihatlari kiradi va ularning har biri
sinash natijalariga ta`sir qiladi. Pressning konstruktsiyasi va xususiyatlari,
namunaning o`lchami, press bilan namuna bir-biriga ta`sir qilish sharoiti, yuklash
tezligi, betonning namligi yakuniy natijaga – betonning mustahqamlik chegarasini
bilishga katta ta`sir qilishi mumkin.
Beton namunasi pressda sinab ko`rilganda kuchlanish namunadan tashqari
press plitalarida ham hosil bo`ladi. Po`latning еlastiklik moduli beton еlastiklik
modulidan yuqori bo`lgani uchun press plitasida hosil bo`ladigan bir hil
yo`nalishdagi deformatsiyalar, shu jumladan, cho`zuvchikuchlanishlar ta`sirida
bo`ladigan ko`ndalang deformatsiya ham beton deformatsiyasiga nisbatan kam
bo`ladi. Press plitalari va namuna o`rtasiga ishqalanish kuchi ta`sir еtadi, natijada
pressga tegib turgan beton namuna yuzasidagi deformatsiya bilan plita
deformatsiyasi bir hil bo`ladi. Ushbu deformatsiyalar boshqa qesimlardagi
deformatsiyalardan ancha kam bo`ladi va deformatsiyalar chegaraviy miqdorga
etib yoriqlar ko`payganda namuna buzilib ketadi.
Press plitasi unga tegib turgan beton qatlamlarining deformatsiyasini
kamaytirib ularni tutib turadi va buzilishdan saqlaydi. Bu hodisa oboyma еffekti
deb ataladi va deformatsiya namunaning o`rta qismida ayniqsa ko`proq bo`lgani
uchun beton kublar bir-biriga o`xshash tarzda buziladi (1. 2, a-rasm).
14
1. 2-rasm. Turli sinash sharoitlarida beton kublarining buzilish xarakterlari
Dostları ilə paylaş: |