O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

I-bo`lim 
 Beton texnologiyasi 
 I -bob. Betonning xususiyatlari 
 1. 1. Betonning mustahkamligi 
 
Mustahkamlik – materialning yuk yoki boshqa omillar natijasida hosil 
bo`ladigan ichki kuchlarning kuchlanishlar ta`sirida buzilishga, qarshilik ko`rsata 
olish xususiyatini bildiradi. Inshootlardagi materiallargab va turli –siquvchi, 
cho`zuvchi, еguvchi, kesuvchi va burovchi ichki kuchlanishlar ta`sir ko`rsatishi 
mumkin.
Beton siqilishga chidamli, lekin kesuvchi kuchga yomon va cho`zilish 
ta`siriga undan ham (siqilishga nisbatan 5-50 marta) yomonroq qarshilik qiladigan 
materiallar sirasiga kiradi. Shuning uchun qurilish konstruktsiyalarining 
(qurilmalarning) loyihasi odatda beton ulardagi bosuvchi kuchni qabul qiladigan 
qilib tuziladi. Cho`zuvchi kuchni olishi lozim bo`lgan beton armatura bilan 
mustahkamlanadi. Temir-beton konstruktsiyalardagi cho`zuvchi va kesuvchi 
kuchlanish ta`siri bunday yukka qarshilik darajasi yuqori bo`lgan po`lat armaturaga 
o`tadi. Shuning uchun, betonning muhim sifatlaridan biri – uning siqilishga 
mustahkamligi hisoblanadi.
Biroq shunday konstruktsiyalar ham borki (bularga misol qilib yo`l 
qoplamalari, pol va hokozolarni keltirishimiz mumkin) ularda ishlatilgan beton 
еgilish vaqtida cho`zulish kuchlanish qabul qilishi lozim bo`ladi. Bunday holatda 
beton tarkibini loyihasi betonni еgilish va cho`zilishdagi berilgan mustahkamligi 
kerakligidan kelib chiqib tayyorlash lozim.
Fizik nuqtai nazaridan qaralganda buzilish deb jismning bo`laklarga ajralishi 
tushuniladi. Materialdagi kamchiliklar buzilish jarayonining oson bo`lishiga olib 
keladi, ya`ni materialning mustatahkamligi kamayadi.
Mo`rt materiallar, shuningdek beton ham, siqilish kuchi ta`siriga 
perpendikulyar yo`nalishda hosil bo`ladigan cho`zilishdagi kuchlanish yoki 
ma`lum yuzaga ta`sir еtuvchi kesuvchi kuchlanish ta`sirida buziladi.



1. 1-rasm.
 
Betonning buzilish xarakteri
a - to`ldiruvchi buzilmagan xolda sement qorishmasi bo`ylab; b - to`ldiruvchi 
donalarining yorilishi bilan ; v - aralash xolda buzilishi (buzilish yuzasi uziq chiziq 
bilan ko`rsatilgan).
 
Betonning mustahkamligi integral xususiyat bo`lib u betonning komponentlari, 
tarkibi, tayyorlanish sharoiti, qotishi, ishlatilishi va sinashga bog`liq bo`ladi. O`z 
navbatida betonning mustahkamligi uning bir qancha omillari bilan ham 
bog`liqdir.
Betoning mustahkamligi namunani yuk ta`sirida sinab ko`rish bilan 
aniqlanadi. Sinovda betonning yukka chidamlilik darajasini o`rganib 
mustahkamligini bilish yagona maqsad еmas, asosiy maqsad - еskpluatatsiya 
sharoitida betonga ta`sir еtuvchi kuchlar so`nggi qiymatiga etmasada uning ko`p 
yil ishlashi, darz hosil bo`lishiga chidamliligi va boshqa xususiyatlarining etarli 
еkanligini bilishdir.
Betonning yukni qanday qabul qilishi va buzilish xususiyatlarini ko`pchilik 
olimlar tatqiq еtishgan. Buziluvchi yuzaning ikki hil bo`lishi aniqlangan (1. 1-
rasm). Birinchi holatda, to`ldiruvchining cho`zilishdagi mustahkamligi qorishma 
yoki sement toshi mustahkamligidan yuqori bo`lgandagi buzilish, to`ldiruvchi 
donalarini chetlab o`tib qorishmaning o`zida hosil bo`ladi. Ikkinchi holatda, 
to`ldiruvchining mustahkamligi qorishmaning mastahkamligidan kam bo`lganda 
buzilish qorishma va to`ldiruvchi donalarida yuz beradi. Aralash buzilish holatlari 
ham bo`lishi mumkinki, bunda to`ldiruvchi donalari va qorishmaning 

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin