86
4-BOB. MATERIALLAR HISOBI
4.1. Materiallarni turkumlash, baholash va ularni hisobga olishning
vazifalari
Bozor munosabatlari sharoitida xomashyolar, materiallar va yoqilg‘ilar
xarajatlari salmog‘ini kamaytirishga o‘xshagan sifat ko‘rsatkichlari hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga ilg‘or konstruktiv materiallardan, metall upalari va
plastmassalardan, qimmat turadigan materiallar o‘rniga mahsulot sifatini
pasaytirmaydigan,
ishlab
chiqarish
chiqindilarini
kamaytiradigan
arzon
materiallardan foydalanish yo‘li bilan erishiladi.
Тabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur, yo‘qotishlar
va noratsional
sarflarga barham berish zarur, xo‘jalik aylanmasiga ikkilamchi resurslarni,
shuningdek yo‘l - yo‘lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak.
Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Ularni
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda materiallardan foydalanish usuli va ishlab chiqarish
jarayonida foydalanishiga qarab turkumlarga ajratish mumkin (4.1-chizmaga qarang).
№ Materiallar turkumi Materiallar turkumlash tasnifi
1
Хom ashyo
Mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat
predmetlari (metall ishlab chiqarishda ruda, tekstil sanoatida
momiq paxta tolasi va x. k.)
2
Asosiy materiallar
Хom ashyoga ta‘sir etish uchun foydalaniladigan va mahsulot
iste‘moli xususiyatini berishda ishlatiladigan buyumlardir
(mashinasozlikda
qora metallar, yog‘ochsozlik sanoatida
yog‘och)
3
Sotib olingan yarim
tayyor mahsulotlar
Ma‘lum darada ishlab chiqarish jararayonidan o‘tgan, biroq
pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar
(stanoksozlikda motorlar, avtomobilsozlikda shinalar)
4
Yordamchi
materiallar
Yaratilgan mahsulotni yaratishda mehnat vositalari va ularning
tashqi ko‘rinishi yaxshilash uchun sarflanadi (moylash
materiallari bo‘yoq, lak, artish materiallari va x. k.)
5
Chiqindilar
Mahsulot ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan qo‘shimcha
materiallar (qirindilar, qipiqlar, truba kesiklari va x. k.)
6
Idishlar
Idish va idish materiallar
Mahsulotlarni o‘rash, joylashtirish, tashish va saqlashda
ishlatiladigan buyumlar (yog‘och, karton va metall idishlari)
7
Ehtiyot qismlar
Asosiy vositalarning quvvatini oshirishda foydalaniladigan
buyumlar (ta‘mirlash uchun mashina
va asbob-uskunalarning
ayrim detallari)
8
Inventar va xo‘jalik
jihozlari
Korxona
faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik buyumlari
(otvertkalar, iskana, xo‘jalik inventarlari, maxsus qiyimlar va
x. k.).
9
Boshqa materiallar
Yuqoridagi guruhlarga kirmaydigan boshqa materiallar
(tuzatilmaydigan braklar, metallom)
4.1-chizma. Materiallarninq tasniflanish tartibi
87
Sanoat korxonalarida, bundan tashqari, materiallar texnik xususiyatlariga qarab
qora metallar, prokat, trubalar, rangli metallar, ximikatlar va xakozalarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, xarajat
normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularni butligini ta‘minlash
yo‘li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak.
Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
material qiymatliklarni joylarida saqlash va ulardan barcha bosqichlarda
foydalanish ustidan nazorat qilish;
materiallar harakati bo‘yicha barcha muomalalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida
hujjatlashtirish; ularni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni
aniqlash va aks
ettirish; saqlash joylari va balans moddalari bo‘yicha sarflangan materiallar va
ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash;
belgilangan zaxira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha
foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish;
material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish, yo‘ldagi
va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish.
Buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun
qo‘yidagilar zarur: narx – nomenklaturaga ega bo‘lishi; aniq hujjatlashtirish va hujjat
aylanish tizimini belgilab olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini
inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish,
ularning natijalarini
buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirish; hisobni avtomatlashtirishning hozirgi
zamon vositalarini keng qo‘llash.
Mehnat buyumlari ishlab chiqarish zaxiralari sifatida mehnat vositalari va ishchi
kuchi bilan birga korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ta‘minlaydi. Mehnat
buyumlari, mehnat vositalari va ishchi kuchidan farqli o‘laroq ishlab chiqarish
jarayonida bir marta foydalanilib, ularning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning
tannarxiga to‘liq o‘tkaziladi.
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo‘llanilmoqda:
- erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan
(preyskurant) ulgurji baholar. Bu narx tovar jo‘natish shartnomalarini tuzishda
korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va mol yuboruvchi
va mol oluvchi bilan
hisob – kitoblar olib borishda mol yuboruvchining to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilib
molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida foydalaniladi;
- nomenklatura hisob bahosi bo‘yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan)
materiallarning reja tannarxi, o‘rtacha sotib olish narxlari va b. bo‘lishi mumkin.
Barcha hollarda ham baho asosida shartnoma yoki preyskurant baholari bo‘lib, ustiga
rejalashtirilgan (hisoblangan) transport – tayyorlov xarajatlarini qo‘shib belgilaydi.
Bu baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini joriy va operativ hisobga
olishda qo‘llaniladi.
4 – BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks ettiriladigan
sotib olinadigan material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) quyidagilardan
tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo‘yicha boj to‘lovlari, mahsulotlarni
sertifikatsiyalash xarajatlari, ta‘minot va vositachilik tashkilotlariga to‘lanmalar,
soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan soliqlardan tashqari,
88
masalan QQS), shuningdek transport –
tayyorlov xarajatlari, xizmat ko‘rsatish
xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Marketing xizmatlari va zavod omborlarini asrash xarajatlari materiallar
tannarxiga kiritilmaydi. Ular korxonaning davr xarajatlariga o‘tkaziladi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi faqat oy oxirida buxgalteriya barcha
qo‘shiluvchi ma‘lumotlarni olgandan so‘ng aniqlanadi. Korxonada materiallar
harakati har kuni sodir bo‘ladi, va materiallarning kirim-chiqimi bo‘yicha hujjatlar
o‘z vaqtida rasmiylashtirilib, muomalalarni sodir bo‘lishiga qarab hisobga olinishi
kerak. Shuning uchun, joriy hisobda qat‘iy oldindan belgilangan hisob bahosi
deyiladigan bahoni qo‘llash zaruriyati tug‘iladi. Hisob bahosi bo‘lib
reja yoki
shartnoma baholari hisoblanadi.
Agar joriy hisobda shartnoma baholaridan foydalanilsa, haqiqiy tannarxga
yetkazib qo‘yish uchun oy oxirida transport – tayyorlov xarajatlarining summasi va
foizi chiqariladi.
Reja narxlar qo‘llanilgan hollarda har oyda haqiqiy tannarxni rejadan farq
summasi va foizi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich materiallar tayyorlash jarayoniga baho
berish imkoniyatini yaratadi. Тransport tayyorlov xarajatlari yoki reja narxdan farqi
materiallarning har bir nomenklatura raqami bo‘yicha emas, balki materiallar
guruhlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Asos qilib materiallarning oy boshiga
qoldig‘i va ularning oy davomidagi kirimi olinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy
tannarxini aniqlashda boholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
- o‘rtacha tannarx (to‘g‘ri chiziqli) bo‘yicha yoki AVEKO usuli –
materiallarning umumiy qiymatini ularning miqdoriga bo‘lib, olingan o‘rtacha
narxlar
asosida hisobdan chiqarish;
- o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha birinchi tushum- birinchi chiqim. FIFO
usuli - ishlab chiqarishga birinchi kelib tushgan partiyadagi narxlar bilan va keyingi
Dostları ilə paylaş: