Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə14/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Ideallashtirish. Ayrim shaxslarda o‘zining «men»i to‘g‘risida ideallashtirilgan tasavvur
shakllanadi, ular o‘zlarini mukammal shaxs deb biladilar, o‘z kamchiliklarini ko‘rmaydilar.
Bunday «men-konsepsiya»ining yaratilishi turli xil shaxslararo murakkabliklarga olib kelishi
mumkin. Bu konsepsiyaga amal qilgan shaxs atrofdagilarga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan talablar
qo‘yishi mumkin.
Ijtimoiylashuv — bu, shaxsning muomalasi yordamida mazkur jamoaga, guruhga,
jamiyatga xos bo‘lgan me'yorlarni, qadriyatlarni, yo‘l-yo‘riqlarni o‘zlashtirish asosida uning
shakllanish jarayonidir.
Shaxsning ijtimoiylashuvi boshqa shaxslar bilan o‘zaro muomalada bo‘lishida, ya'ni
guruhda, jamoada sodir bo‘ladi.
«Jamoa» tushunchasi boshqarishning ko‘pgina bo‘limlarida markaziy o‘rinlardan
birini egallaydi.
Jamoa deganda, nima tushuniladi va nima sababdan bu tushuncha boshqarish tizimida
shunchalik muhim o‘rin tutadi?
Jamoa — ijtimoiy tashkilot bo‘lib, uning uchun birgalikdagi ijtimoiy ahamiyatli faoliyat
xosdir.
Shu bilan birga, jamoa — bu, birgalikda mehnat qiladigan shaxslar guruhi bo‘lib, unda
kishilar bir-birlari bilan shunday o‘zaro harakat qiladilarki, bunda har kim boshqa shaxsga
murojaat qiladi, ayni vaqtda uning ta'sirini ham his etadi.
Biron-bir jamoaning a'zosi bo‘lish insonga o‘zining ob'ektiv ijtimoiy ehtiyojlaridan
birini guruhga, jamoaga mansub ekanligini his qilish, uni ro‘yobga chiqarish imkonini beradi.
Insonning biron-bir guruhga tegishli ekanligini sezib turishi, ayniqsa, ishlab chiqarish
topshiriqlarini bajarayotgan paytda zarur. Malakasi bo‘yicha o‘ziga teng bo‘lgan
shaxslarning qo‘llab-quvvatlashi va bahosini olishi kerak. Shaxsning ijtimoiylashuvi ayni
jamoa orqali, uning jamoa me'yorlar ini, qoidalarini o‘zlashtirib olishi (yoki inkor qilishi)
sodir bo‘ladi. Jamoa o‘ziga qabul qilgan kishilarga muayyan tarzda ta'sir ko‘rsatadi, ularni
o‘ziga xos bo‘lgan faoliyat ko‘rsatish va rivojlanish qonunlariga muvofiq shakllantiradi.
Jamoaning ikkinchi funksiyasi shaxs uchun uning yashashiga zarur bo‘ladigan ijtimoiy
muhit yaratishdir.
Jamoani tavsiflash uchun ba'zan uni belgilovchi alomatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:



1.
Jamoadagi barcha a'zolar maqsadlarining birligi, ya'ni bular qadriyatli yo‘nalishlar


bo‘lib, jamoadagi shaxslarni birlashtiradi.
2.
Rahbarlik — boshqaruv organisiz jamoa bo‘l maydi, kimdir rahbarlik
vazifasini o‘z zimmasiga olishi, odamlarni jipslashtirishi, ular o‘rtasida topshiriqlarni
taqsimlashi lozim bo‘ladi, aks holda, har qanday birgalikdagi faoliyatni oqilona tashkil etish
mumkin emas.
3. Intizom, ya'ni mazkur jamoa uchun qabul qilingan xulq-atvor me'yorlarini bajarish.
Odatda, bu yozib qo‘yilmagan axloqiy me'yorlar faqat mazkur guruhning, jamoaning o‘ziga
taalluqli bo‘ladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin