О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


-ilova О‘tilgan mavzu bо‘yicha bilimlarni mustaxkamlash savollar



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə28/37
tarix29.11.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#170015
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Кимё саноати курил мат маъруза 2015

1-ilova
О‘tilgan mavzu bо‘yicha bilimlarni mustaxkamlash savollar
1. Tayyor sement qanday saqlanadi?
2. Silosdagi sementga nega xavo beriladi?
3. Xom ashyo tuyish sexida qanday nazoratlar о‘tkaziladi?
4. Ishlab chiqarish qanday talablarga javob berishi kerak?
5. Mexnatni muxofaza qilishda qanday talablar bajarilishi kerak.
2- ilova
Ma’ruza rejasi
1. Sementning suv bilan birikishi va hosil bо‘lgan mahsulotlarning kimyoviy tarkibi
2. Gidrosilikatlar kristallik strukturasi
3. Portlandsementning qotishi
4. Sement birikmalarining gidratatsiya tezligi
5. Alohida sintez qilingan minerallarning tishlashish muddatlari va mustahkamlik kо‘rsatkichlari
6. CaO– Al2O3 – SiO2 sistemasida bog‘lovchi tarkiblar


3- ilova
Sementning suv bilan birikishi va hosil bо‘lgan
mahsulotlarning kimyoviy tarkibi
Portlandsement klinker, gips, aktiv mineral (gidravlik), shuningdek, boshqa qо‘shilmalar aralashmasidan iborat. Bu moddalar portlandsementning qotish jarayonida va sementtosh strukturasining о‘zgarishida ma’lum darajada ishtirok etadi. Ammo, yuqorida aytib о‘tilganidek, portlandsementning sifat kо‘rsatkichlari asosan klinker miqdoriga kо‘ra aniqlanadi. Kо‘rsatilgan jarayonlarda maydalangan klinkerning suv bilan о‘zaro ta’sir etishi ayniqsa qatta ahamiyatga ega.
Maydalangan sement klinkeri xech qanday aralashmasiz yoki qum yoxud qum va shag‘al bilan suvda qorilganda, vaqt о‘tishi bilan tishlashib tobora mustahkamlana boradigan va toshsimon holatga о‘tadigan sementtoshga, qorishmaga va betonga aylanadigan plastik hamir, qorishma va beton hosil bо‘ladi.Yangi hosil bо‘lgan kimyoviy birikmalarning tarkibi sementlarning kimyoviy va mineralogik tarkibiga, shuningdek, reaksiya ketayotgan muhitda temperaturaning о‘zgarishiga bog‘liq. Ma’lumki, oddiy portlandsementning klinker qismi kuyidagi fazalardan iborat (% hisobida):
Alit C3S ……………………………………………………………..45…60
Belit C2S …………………………………………………………….20…30
Uch kalsiy alyuminat C3A (qisman 12CaO•7A12O3)……5…12
C4AF (alyumoferrit fazasi) ……………………………….…10…20
Shisha fazasi ……………………………………………………….5…15
CaO (erkin holda) …………………………………………………0,5…1
MgO, erkin va boshqa fazalarda ……………………………..1…5
Na2O+K2O ishqoriy fazalarda ………………………………0,5…1
Murakkab tarkibli portlandsementning suv bilan birikishini va yangi hosil bо‘gan maxsulotlarning sement fizik-mexanik xossalariga ta’sirini aniq bilish uchun uning xar bir komponentining suv bilan reaksiyaga kirishishini kо‘rib chiqib, sо‘ngra murakkab jarayon haqida tо‘la tushunchaga ega bо‘lishi mumkin.Alit-klinkerda Al2O3 va MgO qо‘shimchasi bilan birga uchraydigan C3S ning qattiq eritmasi bо‘lib, suv bilan reaksiyaga kirishganda atrof-muxitning temperaturasiga va kalsiy gidroksidning konsentratsiyasiga bog‘liq holda turli gidrosilikatlar hosil qiladi.Odatdagi temperatura va Ca(OН)2 ning eritmadagi konsentratsiyasida CaO hisoblansa, uning miqdori 0,05…1,1 g/l gacha bо‘lganda ma’lumotlarga kо‘ra C3S ning gidratatsiyasi tufayli kam darajada kristallangan о‘zgaruvchan tarkibli CaO0,8-1,5∙SiO2∙H2O2,5-1 gidrosilikatlar hosil bо‘ladi. Eritmada Ca(OН)2 ning konsentratsiyasi qancha kam bо‘lsa, hosil bо‘lgan gidrosilikatlarning asosligi shuncha past bо‘ladi. Bunday gidrosilikatlar Bogg CSH(B) qо‘rinishidagi umumiy formula bilan yoki Teylor – CSH(1) bilan belgilangan.Eritmada Сa(OН)2 ning konsentratsiyasi tо‘yingan va о‘ta tо‘yingan, Сa(OН)2 ning eruvchanligi oshadigan (ayniqsa past temperaturada) darajaga yetganda (masalan 100С da СaO ning miqdori 1,25 g/l) C3S metastabil tarkibli gidrosilikat CaO1,5-2∙SiO2∙nH2O ga aylanadi. Bogga kо‘ra u C2SH2 formulasi bilan, Teylorga kо‘ra C2SH(II) bilan belgilanadi. Biroq qotuvchi sement xamiri aralashmasining temperaturasi 30…500С ga yetganda, shuningdekСa(OН)2 ning eruvchanligini kamaytiruvchi eritmada ishkorlarning borligi asosan 3CaO∙2SiO2∙3H2O tarkibli gidrosilikatlarni hosil qilishga imkon beradi. Bu birikma CSH(B) gruppasiga taaluqlidir. Shuning uchun yaxshi kristallangan tobermorit C5S6H5 ham shu gruppaga kiradi.Agar sement xamirida asosan 3CaO∙2SiO2∙3H2O hosil bо‘ladi deb farz qilsak, u xolda C3S ning suv bilan reaksiyasi quyidagicha yoziladi.
2(3CaO∙SiO2)+6H2O=3CaO∙2SiO2∙3H2O+Ca(OH)2
Kо‘rinib turibdiki, bu reaksiyada uch kalsiyli silikat gidrolitik parchalanish natijasida kо‘p miqdorda erkin kalsiyli gidrat oksid hosil bо‘ladi. Bu gidrat sementosh strukturasini о‘zgartirish bilan birga uning suvda yemirilishini tezlashtiradi. Bu holning oldini olish usuli kuyida bayon etilgan.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin