235
moliyalash stavkasidan xabardor qilib turish kerak; mijoz kredit shartnomaga amal
qilmasdan faoliyat ko‘rsatsa bank kreditni muddatidan oldin egshshga huquqi bor.
Kredit shartnomada mijoz o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
kreditdan foydalanish jarayonida mijoz kreditning muddatiylik, qaytarishlik,
maqsadlilik, to‘lovlilik va ta‘minlanganlik printsiplariga amal qilgan holda faoliyat
ko‘rsatishi kerak; kreditning qaytarilishini ta‘minlash uchun mijoz garovga o‘z
mablag‘larini qo‘yish kerak; garovga olingan mulk sug‘urta idorasi tomonidan
sug‘urtalanishi va Davlat notarial idorasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak;
kredit olgan korxona bankga oylik, kvartallik va yillik balanslari bilan birga
moliyaviy natijalar hisoboti va debitor va kreditor qarzlari paydo bo‘lgan vaqti,
muddati o‘tgan qarzlari uchun kelishuv dalolatnomalari (akt sverka) haqidagi
ma‘lumotnomani va faoliyatini tekshirib borish uchun zarur bo‘lgan boshqa
hujjatlarni bankka taqdim etishi kerak; kredit olgan korxonada bank inspektori
kreditning maqsadli ishlatilishi bo‘yicha tekshirish o‘tkazib hisobot hujjatlarini va
garovga olingan mulkning saklanishini dorshiy nazorat kilib borishi uchun
shartnomaga asosan ruxsat berishi lozim; kredit olgan tashkilot kredit
shartnoma.asosida faoliyat ko‘rsatishi lozim; kreditlashda kredit shartnoma katta
ahamiyatga ega. Tijorat banki kredit shartnoma asosida mijozning faoliyatini
doimiy tekshirib turadi.
Kredit shartnomada kredit uchun kerakli bo‘lgan barcha ma‘lumotlar
ko‘rsatiladi. Kreditning summasi, kreditni qaytarish muddati, kreditning
ta‘minlanganligi uchun garovga kuyilgan mulk eki kreditni uzolmatanligi uchun
boshqa bir korxonaning tulab berish xakidagi ishonch kogozi ko‘rsatiladi. Kredit
uchun kerakli bo‘lgan barcha hujjatlar kredit paketida tuplanadi.Kredit paketning
asosini kredit shartnomasi tashkil etadi.
Kredit shartnomasi bank uchun ham, qarz oluvchi uchun ham juda muhim va
mas‘uliyatli hujjatdir. Shu sababli u belgilangan qoidalarning hammasiga amal
qilgan holda tuzilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: