20
so‘ngi.
Nazorat qilish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
–
ishlab
chiqarilgan, jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning hajmi
bo‘yicha reja va shartnomalarning bajarilishi;
–
korxona mulklarining saqlanishini ta’minlash;
–
moddiy xom-ashyo,
yoqilg‘i-energetika,
mehnat
va moliyaviy
resurslardan oqilona hamda samarali foydalanish;
–
asosiy vositalar, amortizatsiya fondi va boshqa fondlardan foydalanish;
–
mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarni
shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar (bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan
xizmatlar) tannarxini hisoblash;
–
realizatsiya qilingan mahsulot(ish va xizmat)larning to‘la tannaxini
shakllantirish;
–
turli xarajat smetalarining bajarilishi (masalan, vakillik xarajatlari, tijorat
va reklama xarajatlari);
–
korxonaning turli ichki xo‘jalik bo‘linmalari faoliyati:
ishlab chiqarish
tsexlari, uchastkalari, oila (jamoa) pudratlari va sh.k.;
–
moliya bozorida ishtirok etish bilan bog‘liq muomalalar bo‘yicha
(aktsiyalar, obligatsiyalar va sh.o‘.);
–
korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini shakllantirish va soliqqa
tortiladigan bazani, hamda taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar)ni aniqlash;
–
mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni
kamaytirish;
–
shubhali qarzlar bo‘yicha rezervlar va boshqa maxsus fondlarni yaratish
hamda ularning ishlatilishi;
–
korxonaning moliyaviy ahvoli, hamda raqobatchi korxonalar to‘g‘risida
ma’lumot to‘plash;
–
moliyaviy hisobot va boshqa turdagi hisobotlarni tuzish.
Hisob jarayonining axborotlarni to‘plash, o‘lchash, ro‘yxatga olishdan tortib,
21
to zarur bo‘lgan oraliq, natijaviy va hisobot ko‘rsatkichlarini
olish bilan
yakunlanadigan barcha bosqichlarida kompyuter va boshqa tashkiliy-texnik
vositalardan foydalanish buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat
funktsiyasini kuchaytirishga doir vazifalarni bajarishga yordam beradi.
Korxona mablag‘larining
butun doiraviy aylanishi, ularning vujudga kelish
manbalari va xo‘jalik jarayonlari buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Sifatli hisob
axborotlari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida nazorat o‘rnatish, zarur
bo‘lganda korxona va uning bo‘linmalari faoliyatining
butun tafsilotini nazorat
qilish, uni tahlil qilish va ushbu axborotlar asosida boshqaruvning barcha
pog‘onalarida tegishli boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilishga
imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: