Mavzu: Qazib olish tizimlari turlari



Yüklə 364,64 Kb.
səhifə1/5
tarix02.12.2022
ölçüsü364,64 Kb.
#72013
  1   2   3   4   5
zarina.qaib.olish

Mavzu:Qazib olish tizimlari turlari

Reja:

1. E.F.Sheshko klassifikatsiyasi.

2. V.V.Rjevskiy klassifikatsiyasi.

3. N.V.Melnikov klassifikatsiyasi.

Konlarni qazib olish klassifikatsiyalari ochish tizimlari bilan bir qatorda ham yer osti usulida, ham ochiq usulda qazib olish texnologiyalarining muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi.

  • Konlarni qazib olish klassifikatsiyalari ochish tizimlari bilan bir qatorda ham yer osti usulida, ham ochiq usulda qazib olish texnologiyalarining muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi.
  • Mavjud kon geologik va tashkiliy iqtisodiy sharoit uchun ratsional va to'g'ri tanlangan qazish tizimi ko'p jihatdan kon ishalrining iqtisodi va xavfsizligini, shuningdek atrof muhitga bo'lgan ta'sirini aniqlaydi.
  • Ochiq usulda qazib olish tizimi bu, karyer maydoni yoki uning chegarasida bajariladigan ochiq kon ishlarining tartibi va ketma ketligidir.
  • Qazib olish tizimi korxonaning ishlab chiqarish unumdorligiga mos ravishda barcha foydali fazilmalarni xavfsiz, rejali va iqtisodiy jihatdan samarali tarzda kompleks qazib olishni ta'minlashi lozim. Qazib olish tizimi karyerda qo'llaniladigan uskunalar kompleksi bilan bog'liq. Agar qazib olish tizimi kon ishlarini olib borishning tartibi va ketma ketligini aniqlab bersa, uskunalar kompleksi esa o'rnatilgan hajm va tartibda kon ishlarini ishlab chiqarilishini ta’minlovchi uskunalarning turi, quvvati va joylashtirilishini aniqlab beradi.

Ochiq konchilik texnologiyasida mavjud qazish tizimlari soni yer osti texnologiyasi tizimlari bilan taqqoslanganda ko'p emas. Biroq, har doim ham u yoki bu karyerda qo'llanilayotgan qazish tizimini nomini ifodalash oson emas, chunki ayni bir qazish turli klassifikatsiyalarda turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, prof. E.F.Sheshko klassifikatsiyasidagi transportsiz qazish tizimi akad. V.V.Rjevskiy klassifikatsiyasida qazib olishning yoppa uzunasiga bir bortli tizimi deb ataladi. Bunday holat turli klassifikatsiyalarda ayni bir qazish tizimining turli belgilari xarakterlanishi bilan tushuntiriladi.

  • Ochiq konchilik texnologiyasida mavjud qazish tizimlari soni yer osti texnologiyasi tizimlari bilan taqqoslanganda ko'p emas. Biroq, har doim ham u yoki bu karyerda qo'llanilayotgan qazish tizimini nomini ifodalash oson emas, chunki ayni bir qazish turli klassifikatsiyalarda turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, prof. E.F.Sheshko klassifikatsiyasidagi transportsiz qazish tizimi akad. V.V.Rjevskiy klassifikatsiyasida qazib olishning yoppa uzunasiga bir bortli tizimi deb ataladi. Bunday holat turli klassifikatsiyalarda ayni bir qazish tizimining turli belgilari xarakterlanishi bilan tushuntiriladi.
  • Shuning bilan bir qatorda, qazish tizimining nomlanishi o'quv jarayonida turli fanlarni o'rganishda, kon sanoati amaliyotida, energiya, mehnat va materiallar sarf xarajatlarini me’yorlashda, loyihalashda - samarali texnik yechimlarni tanlash va taqqoslash va shunga o'xshash ko'p soxalarda juda muhim amaliy ma’no kasb etadi. Qazib olish tizimining nomi ma’lum kon-geologik sharoitlarda kon ishlari texnologiyasining shunday jihatlarini o'zida namoyon etishi kerakki, mavjud texnologik kompleksni boshqalaridan sezilarli darajada farqlasin. Bunday jihatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, bu kon jinslarini qazib olish va yetkazib berish jarayonlarining mexanizatsiyalash usullari, ikkinchidan bu, ish zonasining karyer muhitiga nisbatan va vaqt bo'yicha shakllanishi, ya’ni, uning konstruktsiyasi va dinamikasi (o'zgarishi, rivojlanishi).

Yüklə 364,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin