Ma’ruzachi: “Agrobiznes va investitsion faoliyat” kafedrasining dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi
SHERMATOV ODILJON A’ZAMJONOVICH
Andijon–2019
XUQUQIY ASOSLAR
Ta’lim yo’nalishining Davlat ta’lim standarti.
Ta’lim yo’nalishining o’quv rejasi
O’quv reja bo’yicha o’tiladigan fanlar bo’yicha fan dasturlari
Fanlarning ishchi o’quv dasturlari
O’quv jarayoni grafigi
Dars jadvali
TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH TIZIMI BO’YICHA XUQUQIY ASOSLAR
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 29 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni joriy etish to’g’risida”gi 820-sonli buyrug’i.
1. NAZORAT TURLARI VA UNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
Talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasini baholash tizimi bo’yicha baholashda quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:
-oraliq nazorat – semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi. Oraliq nazorat turi har bir fan bo’yicha fanning hususiyatidan kelib chiqqan xolda 2 martagacha o’tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat turining o’tkazilish shakli (yozma, og’zaki, test va h.k.) va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Semestr davomida xaftasiga 2 akademik soatdan kam bo’lgan fanlar bo’yicha oraliq nazorat turi o’tkazilmaydi. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda, uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.