25
Ma’lumki, turistlarga qisqa vaqt ichida belgilangan joyga yetib borish zarur
hisoblanadi. “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasining avtobus parki shuningdek,
bir qator kichik shaxsiy kompaniyalar tegishli transport vositalariga ega. Biroq,
shunday bo‘lishiga qaramasdan, 2003-yil ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatga
tashrif buyurgan 731 ming turistning atigi 33,4%, 2004-yilda esa 752 ming
turistdan 32,6 %, 2007-yilda esa 856 ming turistdan 34,7 % i “O‘zbekturizm”
milliy kompaniyasi xizmatlaridan foydalangan.
Turistlarning aksariyati esa, cheklangan imkoniyatlar bilan shahar va
shaharlararo transportlardan foydalanishga majbur bo‘lishgan. Ko‘rinib turganidek,
bu borada ham xususiy turistik korxonalarga katta ehtiyoj sezilmoqda.
Respublikada avtomobillarni turistlarga ijaraga berish xizmati ham yaxshi yo‘lga
qo‘yilmagan. Axir O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Neksiya, Matiz va Lasetti
mashinalari har qanday avtoturizm ishqibozlarining barcha talablariga javob
beradi. Buning uchun joylarda maxsus ixtisoslashgan shaxsiy markazlarni tashkil
etish zarur. Bu markazlar bevosita turistlarga barcha diqqatga sazovor joylar
ko‘rsatilgan yo‘l kartalari bilan avtomobillarni taqdim etishlari, shuningdek, biron
bir muammo yuz berganda turistlar bilan o‘z vaqtida bog‘lana olish maqsadida
uyali aloqa xizmatlarini taklif etishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: