O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Turizm iqtisodiyotining statistik ma’lumotlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

2.2. Turizm iqtisodiyotining statistik ma’lumotlari 
 
2008 yilda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan amalga 
oshirilgan izlanishlarning natijalariga qaraganda, o‘ttiz mingdan ortiq kishi
bevosita turizm sohasida faoliyat ko‘rsatgan, shu jumladan, 5,6 ming kishi 
kompaniya tuzilmasida 4,7 ming kishi transport xizmat ko‘rsatish sohasida, 3,8 
ming kishi savdo xizmat ko‘rsatish sohasida, 4,7 ming kishi oziq- ovqat ta’minoti 
sohasida, 1,5 ming kishi turistik ob’yektlarni qurilishida, 2,6 ming kishi individual 
mehnat faoliyatida, 3 ming kishi madaniyat muassasalarida, 1,7 ming kishi 
madaniyat yodgorliklari va tabiatni muhofaza qilishda, shuningdek 2,2 ming kishi 
kichik shaxsiy turistik korxonalarda faoliyat ko‘rsatishgan. Ko‘rinib turganidek
turizm sohasida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sari sezilarli 
qadamlar tashlangan. Biroq, bu sohada kadrlar malakasining yetishmasligi va 
O‘zbekistonda turizmning ko‘plab yo‘nalishlarini rivojlantirish borasida yetarlicha 
tajribaning yetishmasligi oqibatida xususiy tadbirkorlik biznesining rivojlanishi 
sust amalga oshmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatimizda bir kunda 
tashrif buyuradigan turistlarning o‘rtacha yigirmadan bir qismi qimmat narxdagi 
mehmonxonalar xizmatidan, ko‘pchiligi esa, uch yulduzli otellardan foydalanish 
istagini bildirishadi. Toshkent shahri bunday xizmatlar tizimini turistlarga taklif 
etishi mumkin, biroq poytaxtdan uzoqda joylashgan ko‘plab hududlarda, ayniqsa, 
Termiz, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Andijonda faoliyat ko‘rsatayotgan 
davlat mehmonxonalari hali ham asosiy turistik oqimlarni o‘zlariga jalb eta 
olmayaptilar. Chunki, bunday mehmonxonalar xorijiy turistlarni qabul qilishga 
to‘laligicha tayyor emas. Mahalliy darajada shaxsiy kapitalni rag‘batlantirish, ya’ni 
umumiy turistik xizmat ko‘rsatish tizimiga birlashgan shaxsiy uy va xonadonlarni 
ochish bunday muammoni ijobiy hal etilish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun 
xususiy tadbirkorlarga turistik trassada joylashgan har qanday shaharda o‘n - 
yigirma kishiga mo‘ljallangan shaxsiy uylarni qurishga ruxsat berish kerak. 
Shunday qilingandagina yuqorida aytib o‘tilgan muammo o‘z yechimini topadi. 


22 
O‘zbekiston turizm sanoatini 2003-2008 yillardagi rivojlanishining iqtisodiy 
ko‘rsatkichlariga e’tiborni qaratadigan bo‘lsak (2-jadvalga qarang), bu sohada 
kichik va xususiy turistik sub’yektlarining sezilarli ta’siri bo‘layotganligining 
guvohi bo‘lamiz. 2003-yilda mamlakat bo‘ylab sayohat qilgan jami turistlarning 
miqdori 731 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yilda 752 ming kishini va 
2008-yilga kelib esa 915 ming kishini tashkil etdi. Shunga mos ravishda, chet ellik 
turistlarning ham salmog‘i yildan-yilga oshib bordi. Masalan, 2003-yilda 271 ming 
kishi, 2004-yilda 274 ming kishi tashrif buyurgan bo‘sa 2007-yilda bu ko‘rsatkich 
375 ming kishini tashkil etdi. Shu o‘rinda e’tiboringizni 2008-yilda jami turistlar 
miqdori 2003 yilga qaraganda salkam 184 ming kishiga ortgan bir vaqtda xorijiy 
turistlar miqdori esa 2003-yildagiga qaraganda atigi 111 ming kishiga ortganligiga 
qaratmoqchimiz. Ko‘rinib turganidek, mamlakatimizda mahalliy turistlarni 
sayohati chet ellik turistlar sayohatiga qaraganda ko‘proq uyushtirilgan.
4
2-jadval 
O‘zbekiston turizmining iqtisodiy ko‘rsatkichlari 
Yillar 
Turistlar, ming kishi 
Turxizmatlar (%) 
Jami 
Shundan, chet ellik 
turistlar 
Eksport mln. 
Dollar 
2003 
731 
271 
21,0 
2004 
752 
274 
25,5 
2005 
786 
306 
25,8 
2006 
816 
329 
27,5 
2007 
856 
350 
28,2 
2008 
915 
375 
29,8 
Manba; “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi ma’lumoti. 2009.
4
“O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi ma’lumoti. 2008. 


23 
Endi e’tiboringizni mahalliy va chet ellik sayyohlarga ko‘rsatiladigan 
turistik xizmatlar yoki turistik xizmatlar eksportini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga 
qaratmoqchimiz. Ma’lumotlardan ko‘rinib turganidek, turistik xizmatlar eksporti 
ham turistlar oqimining ko‘payishi bilan birga 3 yil mobaynida oshib borgan. 
2003-yilda bunday eksport 21,0 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2004-
yilda 25,5 mln. AQSh dollari va 2008- yilda 29,8 mln. AQSh dollarini tashkil 
etgan. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, turizm respublikamiz iqtisodiyoti uchun 
g‘oyatda zarur bo‘lgan valyuta tushumini ta’minlaydi (3-jadvalga qarang). 
Jadvaldan ko‘rinib turganidek, 2003-2008-yillarda xizmat ko‘rsatishdan tushgan 
foyda tushumi har yili oshib borgan. 
3-jadval 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatishdan tushgan foyda tushumi
Yillar 
Jami xizmat, 
mln. so‘m 
Foyda
mln. so‘m 
O‘rtacha bir turistga 
to‘g‘ri keladigan 
valyuta
($ hisobida) 
2003 
4441 
526 
74,5 
2004 
4814 
622 
77,1 
2005 
4990 
661 
93,2 
2006 
5343 
703 
95,3 
2007 
6486 
746 
97,8 
2008 
7385 
803 
98,0 
Manba; “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi ma’lumoti. 2009. 
2003-yilda foyda tushumi 526 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2005-yilda 
bu ko‘rsatkich 661 mln so‘m va 2008-yilda esa 803 mln so‘m bo‘lgan. Bunga mos 
ravishda o‘rtacha bir turistga to‘g‘ri keladigan valyuta miqdori ham yildan-yilga 
oshib borgan. 2003-yilda o‘rtacha bitta turistga to‘g‘ri keladigan valyuta miqdori 


24 
74,5 AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2005 - yil 93,2 AQSh dollari va 2008-
yilda 98,0 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
5
Umuman olganda, ikkinci va 
uchinchi jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar mamlakatimiz turizmini rivojlanishida 
xususiy sektorga, ya’ni asosan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga 
nihoyatda muhim e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin