O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

 
9.2. Turizm marketingining ta’rifi 
 
Turizm marketingi, milliy turizm tashkilotlari yoki turizm muassasalarining, 
milliy va xalqaro darajada turistlarning ehtiyojlarini (optimize) qarshilishiga qarab 
tizimli va birlikli harakatlardan tashkil topmoqda. Insonlarning bo‘sh vaqtlarini 
qadrlash maqsadida ish, oila, konferensiya maqsadlarida biror mintaqada, o‘lkada 
yoki mamlakatlar orasida sayohat qilish xohishi va ehtiyoji turistik korxonalarning 
tashkil topishiga sabab bo‘lgan. Bu korxonalar, iste’molchi bo‘lgan turistik 
guruhlarni eng uyg‘un yerlarda, eng yaxshi sharoitlarda sayohat qildirish 
maqsadida bir qancha uslublar va texnikalar yaratmoqda. Boshqa bir turizm 
marketingi ta’rifi quyidagicha izohlanadi: 
16
Дурович А.П. Маркетинг в туризме. Учебное пособие. – М,: КНОРУС. 2005г. 49-55 c


83 
“Turistik mahsulot va xizmatlarni turizm vositalari yordamida mahalliy
mintaqaviy, milliy va xalqaro rejada ishlab chiqaruvchining va iste’molchi bo‘lgan 
turistning oqimi yangi turistik iste’mol ehtiyojlari va takliflarining yaratilishi bilan 
bog‘liq faoliyatlarining yig‘indisi turizm marketingidir”. Turizm marketingi 
turistik ehtiyojlarni qarshilaydigan mahsulot va xizmatlarning turistga taqdim 
etilishi va sotilishi bilan bog‘liq harakat hisoblanadi. Mehmonxonalarning maqsadi 
foyda olish bilan birga xaridorlarning ehtiyojlarini qarshilash va ularni mamnun 
etishdir.
Marketing uzluksiz davom etuvchi bir jarayondir. Turistik mahsulot va 
xizmatlar turistga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi turistik korxonalar 
tomonidan yoki vositachi firmalar, sayohat byurolari yoki turoperatorlar 
tomonidan sotiladi. Turizm marketingida turistlarning yangi ehtiyojlari davomli 
ravishda izlanilishi va o‘rganilishi kerak. Sayyohning ehtiyojlari birinchi rejada 
tutiladi. Boshqa bir mahsulot yoki xizmatlarga ko‘ra turizmning ahamiyatli 
xususiyatlar tashishi, marketingning bu sohada qo‘llanishini juda kerakli holga 
keltirgan. Turizm mahsuloti, boshqa tovar va xizmatlardan farqli o‘laroq boshqa 
muassasalarga qaraganda tugallanuvchi bir aralash mahsulot xususiyatiga egadir. 
Turistik mahsulotga qarshi bo‘lgan turistik talab ham ijtimoiy va siyosiy 
o‘zgarishlarga qarshi e’tiborli bo‘lib katta bir elastiklik ko‘rsatadi. Turizm 
taklifining 
tashilmaydigan 
(mehmonxona) 
xususiyatda 
bo‘lishi, 
turistik 
xizmatlarning joyida tugatilishi natijasini tug‘dirmoqdadir. Turizm mavsumi 
oxirida mehmonxona, samolyot va boshqa ba’zi vositalarni boshqa bir mintaqaga 
tashish imkoni yo‘q. Turizm marketingiga bog‘liq harakatlarning maqsadlarini 
asosiy marketing maqsadlariga mos qilib 3 ta guruhda jamlash mumkin: 
a) mavjud bozorni saqlash, boshqa bir ifoda bilan korxonaga yoki mamlakatga 
yo‘naltirilgan turizm talabini eng kamida bir xil darajada tutish; 
b) Bozordagi potentsial talabni harakatchan talab shakliga aylantirish, ya’ni 
turizmga qatnashadigan imkoniyatlarga ega bo‘lgan, faqat buni haligacha ro‘yobga 
chiqarolmagan tashkilotlarni turizmga jalb qilish; 


84 
v) yangi bozorlar yaratish, oldindan bilinmagan, o‘rganilmagan yoki keraklicha 
qiymatlantirilmagan bozorlarga kirish, boshqa korxonalarga yoki mamlakatlarga 
yo‘naltirilgan turistik talabni jalb qilib turistik mahsulotlarni sotish sohasini 
kengaytirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin