O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

- PIni joriy etish. 
Bunda, asosan PIning rivojlanish mexanizmlariga alohida 
e‘tibor beriladi ("PI rivojlanish mexanizmlariga" qarang).
PIdan foydalanishga uslubiy tavsiyalar:
- ta‘lim-tarbiya sohasidagi davlat me‘yoriy hujjatlaridagi qonun, qoida, 
Nizomlar va shu kabilarga e‘tibor berish;
- PI sohasidagi ma‘lumotlarni to‗plash, saqlash, qayta ishlash va uzatishga 
tayyorlash orqali axborot holatiga keltirish;
- axborotlarni mazkur soha bo‗yicha tartibga solish ;
- axborotlarni turli xillariga bo‗lgan ehtiyojlarni rejalashtirish va bashorat qilish 
bo‗yicha tavsiyalar;
- PIning joriy etilishi bo‗yicha axborot tizimini yaratish va undan keng 
mutaxassislar ommasini tanishtirishga erishishning tezkor usullaridan foydalanish;
- telekommunikatsiyalar va axborotlar bazasini yaratish;
- PI bo‗yicha kompyuter tarmog‗ida saydlar ochish va undan foydalanish 
ko‗lamini kengaytirish va h.k.
PIlarni joriy etishda bo„lajak o„qituvchilarda shakllanadigan innovatsion 
xislatlar: 
- talabaning ijodkorligi: Bunga talaba yangilikka qiziquvchanligi va ularni tez 
anglay olish qobiliyati, yaratuvchanlik va sinchkovlik bilan ijodiyoti barkamol shaxs 
uchun alohida kasb etishi hamda muntazam ravishda o‗z ustida ishlashi orqali 
erishadi; 
- talabaning kompyuter savodxonligi va axborot madaniyati yuksakligi: Bunga 
talaba ―Kompyuter savodxonlik-ikkinchi savodxonlik‖ degan tamoyilga amal qilishi 
orqali erishadi;
- talabaning yangilikni joriy etishdagi faoliyatni oxirigacha yetkaza olish 
xislati: Bunga pedagogik tizimni murakkab, dinamik, ko‗p ko‗rsatkichlarga bog‗liq 
va uni harakatchan ko‗rsatkichlar orqali boshqarish mumkin degan xulosalar 
shakllanishi bilan erishiladi;
- talabaning innovitsion faoliyatda ilg‗or bo‗lish xislati: Bunga talaba doimo 
―bayroqdor‖ bo‗lishga intilish, tadqiqot uslubiyatiga muntazam ravishda qiziqib 
borishi, mualliflikka ishqivoz bo‗lishi, tajriba-sinov ishlarini o‗tkazishda boshqa 


86 
tadqiqotchilar ishlariga sinchkovlik bilan qarashi, mazkur faoliyatda xato va 
kamchiliklar bo‗lganda o‗zini o‗nglay olishi bilan erishadi;
- talabaning javobgarlikni sezish xislati: Bunga u hamma narsaga befarq 
qaramasligi, qilayotgan ishini oxirigacha yetkazishda irodasi mustahkamligi, o‗z 
ijodiy faoliyatini rejalashtira olishi bilan erishadi;
- talaba shaxsining g‗ayrat-shijoatliligi xislati. Bunga talabadagi ijodkorlik 
faoliyatining jadallik darajasi, shaxsning ishchanligi va e‘tiqodliligi, o‗ziga ishonch 
va kuch-g‗ayrati orqali erishadi;
- yetakchi kasbiy pedagogik mahoratga ega bo‗la olishlik mahorati: Bunga 
talabada ijodiy faoliyatga kirganlik haqidagi saviya, oldindan ma‘lum bo‗lgan ilmiy-
uslubiy ishlanmalar o‗zi shug‗ullanayotgan manbaga nisbatan moslay olish va unda 
yangi funksiyalarni keltirib chiqara olishlik hamda ular orqali optimal yechimlarni 
topa olishlik orqali erishiladi va hokazo. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin