55
antistentistik
yo‗nalishlar
(ekzistensializm,
falsafiy
antropologiya
va
boshqalar)dagidan ancha kattadir.
Fan metodologiyasi va epistemologiyasi
ilmiy
bilish va ilmiy ijodni, ya‘ni
ilmiy-tadqiqot faoliyatini o‗rganadi. Har qanday ilmiy yutuq yoki kashfiyot nafaqat
muayyan predmet mazmuniga, balki metodologik jihatga ham egadir, zero, u fanda
ilgari olingan axborotni tanqidiy qayta ko‗rish, fanning
tushunchalar apparati va
tadqiqot negizini muttasil yangilash (yangi metodlar, usullar va yondashuvlar yangi
apparatura, yangi institutlar va laboratoriyalar) bilan bog‗liqdir. Shunday qilib,
fanning o‗ziga nisbatan metodologiya va epistemologiya fanning o‗zini o‗zi bilish va
o‗zini o‗zi anglash shakllaridan biridir. Ilmiy ijod metodologiyasi olim shaxsining
yangi bilim olish va uni amalda qo‗llash sohasidagi ijodiy
salohiyatini ochib beradi
va tahlildan o‗tkazadi.
Subyektning obyektga faol munosabati sifatidagi bilishning eng umumiy
jihatlarini tahlildan o‗tkazuvchi gnoseologiyadan farqli o‗laroq, metodologiya
bilishning bu jihatlari va tomonlari bilish bilan bog‗liq muayyan vaziyatlarda va
bilishning sohalarida, ma‘lum
ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy-texnologik va tarixiy
sharoitlarda qanday o‗z ifodasini topishiga e‘tiborni qaratadi. Hozirgi zamon fan
metodologiyasi ilmiy faoliyatning ma‘nosini, uning ijod, amaliyot,
ijtimoiy
borliqning ma‘naviyat sohasi, kengroq aytganda, butun madaniyat bilan aloqasini
aniqlaydi. Shundan so‗ng metodologiya ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish,
ratsionalizatsiya qilish, maqbullashtirish va samaradorligini oshirish muammolarini
o‗rganadi.
Dostları ilə paylaş: