104
Savod o’rgatish davridagi yozuv darslarini boshqa sinflarda olib boriladigan
matematika, tabiatshunoslik va ba’zan o’qish darslari bilan birga olib borish
maqsadga muvofiqdir.
Oz komplektli maktablarda o’quvchilarning
mustaqil ishlariga alohida
ahamiyat beriladi, chunki o’qituvchi ikki sinf yoki uch sinf bilan ishlaganda, bir sinf
bilan alohida ishlay olmaydi: u bir sinf bilan ishlashi uchun qolgan sinflarga
mustaqil ish topshirib, ularni band qilishga majbur. SHuning uchun maxsus mustaqil
ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish
davrida mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli uyushtirish uchun “Alifbe”ga qo’shimcha,
ishni jonlantiradigan didaktik tarqatma materiallar muhim ahamiyatga ega.
Mustaqil ish savod o’rgatish jarayonida o’qituvchining rahbarlik qilishini talab
etadi: o’qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi,
o’quvchi bajargan ishni sinfning o’zida tekshiradi. Boshqa sinflar bilan ishlash
jarayonida ham u 1-sinf o’quvchilarining mustaqil ishni
qanday bajarayotganini
kuzatib boradi.
Savod o’rgatish jarayonida bajariladigan mustaqil ishlarga turli predmetlar
shaklini chizish, bir xil oraliqni mo’ljallab nuqtalar qo’yish, yotiq to’g’ri chiziqlar
chizish, ayrim harflar elementlarini yozish, rasmga qarab savollarga javob berishga
tayyorlanish, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlarni kiritish mumkin.
Alifbo davrida esa harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-
sintetik ishlarni uyushtirish, rasm asosida suhbat, ovoz chiqarib yoki ichda o’qish,
qayta
hikoya qilishga tayyorlanish, berilgan bo’g’inlar yordamida so’zlar tuzish,
gaplarni to’ldirish, o’qilgan matnga oid rasm chizish, namuna asosida yozish,
tushirib qoldirilgan harf yoki so’zni o’rniga qo’yib yozish,
berilgan predmetlarni
ma’lum belgisiga ko’ra guruhlash va umumlashtirish kabi mashqlarni qo’llash, bu
jarayonda texnika vositalaridan unumli foydalanish zarur. Mustaqil ish sifatida
tarqatma materialda berilgan so’zni o’qish, unli va undosh harf tagiga chizish, so’zni
bo’g’inlarga ajratish kabi mashqlarning berilishi o’qituvchiga juda qo’l keladi.
Oz komplektli maktablarda texnika vositalaridan foydalanish ham katta
ahamiyat kasb etadi.
105
Komplekt sinflarni to’g’ri taqsimlash va birlashtirish, dars va mustaqil ishlarni
mohirlik bilan
uyushtirish va rejalashtirish, didaktik materiallardan, ko’rgazmali
vositalardan unumli foydalanish yo’li bilan oz komplektli sinf o’quvchilarining
bilimlarni puxta o’zlashtirishlariga erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: