45
munosabatlar. Bu munosabatlar ma’naviy, etnik, diniy, oila-nikoh va boshqa shakllardagi o‘zaro aloqlarni
o‘z ichiga olgan sotsiomadaniy majmuani tashkil etadi. Bu darajadagi ehtiyojlar oila, ta’lim, ilmiy, ijodiy,
sport uyushmalari,
diniy maskanlar, madaniyat muassasalari, ommaviy axborot
vositalari kabi institutlar
vositasida qondiriladi.
Uchinchi daraja
. Bunda ijtimoiy-siyosiy ishtirok ehtiyojlari nazarla tutiladi. Mazkur darajada
shaxslararo munosabatlar o‘zi afzal deb bilgan siyosiy qarash va qadriyatlarga ega bo‘lish
asosidagi
individual tanlov bilan bog‘liqdir. Mazkur daraja individa aniq siyosiy va ijtimoiy nuqtai nazarlar
shakllanishini talab etadi. Bu darajadagi
ehtiyojlar siyosiy partiyalar, harakatlar va boshqa uyushmalar
vositasida qondiriladi.
SHuningdek, jamiyatshunos olimlar fuqarolik jamiyatining uchta asosiy
sohalardagi strukturalarini
bir-biridan ajratib, ularni quyidgaicha ifodalaydi: iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy.
Dostları ilə paylaş: