O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” fakulteti



Yüklə 62,58 Kb.
səhifə1/2
tarix08.06.2023
ölçüsü62,58 Kb.
#126814
  1   2
O‘zdonmahsulot




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYA” FAKULTETI


MOLIYA BOZORI VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR” FANIDAN




SIRTQI BO‘LIM



Mustaqil ish
Mavzu: “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi

Bajardi: SMM-50 guruh talabasi Zaynitdinov Shuhrat


Reja:



  1. Don va don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash

  2. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tashkil qilinish.

  3. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining ustav kapitali va qancha dvident to`lagan.



1.Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki miqdor va sifat jihatidan hisobini yuritish va hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizomning amal qilishi davlat ehtiyojlari uchun don xarid qilish, ularni saqlash, qayta ishlash hamda don va don mahsulotlarini sotish faoliyatini amalga oshiruvchi mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi. Bunday korxonalar sirasiga don tayyorlash korxonalari, elevatorlar, tegirmonlar, yorma, omixta yem va urug‘ni qayta ishlash korxonalari va boshqa korxonalar kiradi.
Don va don mahsulotlarining miqdor va sifat jihatidan dastlabki hisobi (keyingi o‘rinlarda “dastlabki hisob” deb ataladi):
don va don mahsulotlarining saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishi ustidan nazorat qilishni;
don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ularga ishlov berishda, shuningdek don mahsulotlari ishlab chiqarishda ularning massasi va sifati o‘zgarishini aniqlashni;
sotuvchilar (yetkazib beruvchilar) hamda xaridorlar (oluvchilar) o‘rtasida, shu jumladan ichki tashishda don va don mahsulotlari uchun hisob-kitoblarning to‘g‘riligini;
don va don mahsulotlari sifati yomonlashuvining oldini olishni ta’minlashi shart.
Dastlabki hisob don va don mahsulotlari bilan barcha xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni, ularni yalpi, uzluksiz va hujjatli hisobga olish yo‘li bilan yig‘ish, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimini ifodalaydi.
Miqdor va sifat jihatidan dastlabki hisobni tashkil etishni va uning to‘g‘riligini korxona rahbari ta’minlaydi.
Don va donni qayta ishlash mahsulotlarining miqdor jihatidan hisobi va ular bilan operatsiyalar fizik og‘irlikda bir kilogrammgacha aniqlikda olib boriladi. Bundan tashqari, un va yormaning, shuningdek zavodda idishga joylashtirilgan makkajo‘xori va boshqa ekinlar urug‘ining hisobi idishlar soni bo‘yicha yuritiladi.
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
don — g‘alla va dukkakli ekinlar, moyli ekinlarning oziq-ovqat, yem va texnik maqsadda foydalaniladigan doni;
don mahsulotlari — un, yorma, non-bulka va makaron mahsulotlari, omixta yem, yem aralashmasi, kepak va donni qayta ishlashdan olingan qo‘shimcha mahsulotlar;
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, moliyaviy ahvolni yaxshilash, davlat budjeti va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlarni amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishildi.
2022 yil 9 oyda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘sish sur’ati 109,4 foizni, xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish o‘sish sur’ati 116,6 foizni tashkil etdi.
Natura ko‘rinishida esa, un ishlab chiqarish 94,9 foizni, omuxta yem 92,2 foizni tashkil etdi.
2. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kirgan 43 ta don mahsulotlari korxonalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 avgustdagi «O‘zdonmahsulot davlat-aksiyadorlik korporatsiyasini O‘zdonmahsulot aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risida» 376-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.
«O‘zdonmahsulot» kompaniyasi tarkibiga kiradigan 43 don mahsulotlari korxonalari O‘zbekistonda yetishtiriladigan bug‘doyni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni ta'minlovchi boshlang‘ich bo‘g‘in hisoblanadi;
faqat «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan don mahsulotlari korxonalari qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan bug‘doy va urug‘lik xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzish, shuningdek davlat zaxirasidagi oziq-ovqat bug‘doyini saqlash huquqiga egadirlar.
Shu bilan birga, qayta tashkil etilgan «O‘zdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi balansida bo‘lgan mol-mulk ham «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondiga berilgan.

Yüklə 62,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin