O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


-Mavzu:1-9 sinflarda texnologiya fani mazmuni va 10-11 sinflarda kasbiy tayyorgarlik



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə9/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

4-Mavzu:1-9 sinflarda texnologiya fani mazmuni va 10-11 sinflarda kasbiy tayyorgarlik.
Reja:

  1. Maktab islohotida texnologiya fanining vazifalari.

  2. Texnologiya fanining mazmuni, yo'nalishlar bo'yicha o'qitishga qo'yiladigan talablar.

  3. Dastur mazmuni va uning yo’nalishlari.

  4. 1-4 sinf o'quvchilariui tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan zaruriy talablar.

  5. 5-9 sinflarda umumiy tayyorgarligi.

  6. 10-11 sinf kasbiy tayyorgarlik mazmuni.



Tayanch iboralar:Maktab islohotida texnologiya fani, texnologiya fanining mazmuni, dastur mazmuni, umumiy va kasbiy tayyorgarlik

Mehnat ta’limi o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy xarakatlar jarayonidan iborat bo’lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarni hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligini beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan o’quv fanidir. 5-7-sinflarda ko’zda tutilgan mehnat ta’limi yo’nalishlari o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishni yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog’och, metall va gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik, qishloq xo’jalik asoslari, badiiy mehnat va hunarmandchilik texnologiyasi, mashina elementlari yo’nalishlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlarini ta’minlaydi, ijtimoiy-estetik didi va dunyoqarashini kengaytiradi, oilaviy hayot va turmushda kerak bo’ladigan milliy madaniyat va an’analarga mehr-muhabbat uyg’otishga xizmat qiladi.


8-9 sinflarda kasb tanlashga yo’naltirish hamda ishlab chiqarish asoslari kurslari ta’lim oluvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy dunyoqarashini kengaytiradi, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga ko’maklashadi.
Keltirilgan 3ta yo’nalishlarning har biri yuzasidan quyidagi bilimlar bo’yicha o’zaro uyg’unlashtirilgan nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish ko’nikmalari shakllantiriladi.
Bundan tashqari har bir asosiy yo’nalishi bo’yicha uy-ro’zg’or madaniyati va unga tegishli ta’mirlash ishlarini bajarish ko’nikmalari shakllantirib boriladi.
Har bir yo’nalish bo’yicha ishlatiladigan elektrotexnika vositalari, ulardan to’g’ri foydalanish hamda ta’mirlash ishlari o’rgatiladi.
Har bir asosiy yo’nalish bo’yicha kompyuter texnikalaridan foydalanish masalalari yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni berish ko’zda tutiladi.
Har bir dars mazmuniga bog’liq holda iqtisodiy, huquqiy, yekologik bilimlar hamda xavfsizlik texnikasi qoidalari o’zaro uyg’unlashtirilgan holda o’rgatib boriladi.
Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilar kasblar turlariga oid bilim ko’nikma va malakalar maktab joylashgan hududdagi imkoniyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tanlanadigan kasblar asosida shakllantiriladi.
1-9 - sinflarda mehnat ta’limi mazmuni. Dastur mazmuni va uning yo’nalishlari.
o’quv dasturi, o’quv dasturi har bir fan bo’yicha alohida-alohida tegishli mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, o’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi ta’lim Markazi tomonidan tasdiqlanadi. O’quv dasturlarini ishlab chiqishga ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va vazirlikning yetakchi xodimlari, umumta’lim maktablari yetakchi o’qituvchilari jalb qilinadi. O’quv dasturlari davlat hujjatlari bo’lib, bularni bajarish har bir maktab, mehnat ta’limi o’qituvchi uchun majburiydir.
Mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish bo’yicha o’quv dasturi har bir sinfda yo’nalishlar bo’yicha o’quvchilarni qanday bilim va malakalar bilan qurollantirish kerak ekanligi, bu malakalar bilan qurollantirish uchun qanday ish obektlari tanlash mumkinligi, ularni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar, texnik-texnologik ma’lumotlar hajmi va izchilligi, ularni qanday bo’limlarga ajratib o’rganish kerakligi, shuningdek, har bir bo’limni o’rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori ko’rsatilgan bo’ladi.
Mehnat ta’limining yo’nalishlaridan tegishlisi maktab atrofidagi korxona, tashkilot va kasb-hunar kollejlarida keng tarqalgan sohalarga muvofiq tanlab olinadi. Har bir maktabda mehnat ta’limining quyidagi yo’nalishlaridan tegishlilari asos qilib olinadi:

  • Texnologiya va dizayn

  • Servis xizmati

  • Qishloq xo’jalik asoslari

Ushbu ta’lim yo’nalishlari mazmunan xalqhunarmandchiligi, ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo’naltirish bilan uyg’unlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Mehnat ta’limiyo’nalishlari bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish ketma – ketligi mahalliy sharoit hamda imkoniyatlarni hisobga olgan holda ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Har bir yo’nalish bo’yicha ishlatiladigan elektr, ilg’or texnika va texnologiyalar asoslari o’rgatiladi.
Mazkur yo’nalishlar yuzasidan quyidagi bo’limlar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi:
1-4 sinflar uchun:
1.Qog’oz va karton bilan ishlash.
2. Gazmol va tolali materiallar bilan ishlash.
3. Plastilin va loy ishi.
4. Turli materiallar bilan ishlash.
5. Badiiy qurish-yasash.
5-7 sinflar uchun:
1. Yog’ochga ishlov berish texnologiyasi.
2. Metallga ishlov berish texnologiyasi.
3. Uy-ro’zg’or buyumlarni ta’mirlash.
4. Elektrotexnika ishlari.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin