O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Amaliy mashg‘ulotlarining soatlar bo‘yicha taqsimlanishi



Yüklə 97 Kb.
səhifə11/20
tarix26.04.2023
ölçüsü97 Kb.
#102818
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20





Amaliy mashg‘ulotlarining soatlar bo‘yicha taqsimlanishi



Mavzular nomi

soat

III-semestr

1-modul. Pulning zarurligi, pul aylanmasi va pul tizimi barqarorligi

1.

“Pul va banklar” faniga kirish

2

2.

Pulning paydo bo’lishi, zarurligi va funktsiyalari

2

3.

Pul nazariyalari

4

4.

Pul aylanmasi va uning tarkibi

4

5.

Pul massasi va pul agregatlari

2

6.

Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari

2

7.

O’zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari

2

8.

Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo’llari

2

9.

Pul islohotlari

2

10.

Kreditning zarurligi, funktsiyalari, turlari va shakllari

4

11.

Kredit bo’yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar

4




III- semester bo`yicha jami:

30




Jami:







IV-semestr







2 - modul. Banklar va bank tizimi




12.

Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi

4

13.

O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi

4

14.

Markaziy bank va uning funktsiyalari

2

15.

Markaziy bankning mustaqilligi

2

16.

Tijorat banklari va ularning funktsiyalari

4

17.

Tijorat banklarining operatsiyalari

4

18.

Nobank moliya-kredit muassasalari

2

19.

Bank inqirozlari

4

20.

Pulning xalqaro munosabatlardagi harakati

2

21.

Xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funktsiyalari

2




IV- semester bo`yicha jami:

4

2. Fanning amaliy mashg’ulotlari mazmuni
1-modul. Pulning zarurligi, pul aylanmasi va pul tizimi barqarorligi


1-mavzu. “Pul va banklar” faniga kirish
Pul va banklar fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Pul. Iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli. Pul va uning barqarorligi. Pul va inflyatsiya. Pul va kredit. Banklar va boshqa moliya institutlari


2-mavzu. Pulning paydo bo’lishi, zarurligi va funktsiyalari

Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi. Qiymat shakllarining evolyutsiyasi. Qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli. Qiymatning to’liq yoki kengaytirilgan shakli. Qiymatning umumiy shakli. Qiymatning pul shakli. Oltin pul sifatida. Pulning mohiyati. Pulning o’ziga xos xususiyatlari. Pul umumiy ekvivalent sifatida. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi. To’laqonli yoki haqqoniy pullar: ularning turlari va evolyutsiyasi. Kredit pullari va ularning turlari: veksel, banknota va chek. Qog’oz pullarning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi. Elektron pullar. Tovar pullar. Pulning funktsiyalari: qiymat o’lchovi funktsiyasi; muomala vositasi funktsiyasi; to’lov vositasi funktsiyasi; jamg’arish vositasi funktsiyasi; jahon puli funktsiyasi. Pulning funktsiyalari bo’yicha Evropa va Amerika maktablari tarafdorlari qarashlari: almashuv vositasi funktsiyasi, xisob birligi funktsiyasi, jamg’arish vositasi funktsiyasi.




3-mavzu. Pul nazariyalari

Pulning metallik nazariyasining yuzaga kelish shart-sharoitlari. Pulning metallilik nazariyasining asoschilari va namoyondalari: U.Stefford, T.Men, D.Nors, J.Chayld, A.Monkreten, J.Kolber, I.Yusti, G.Skaruffi, F.Galiani. Ilk merkantilistlar va ularning nazariy qarashlari. Faol “pul balansi” tushunchasi. So’nggi merkantilistlar va ularning nazariy qarashlari. “Umumiy savdo balansi” tushunchasi.19 va 20asrlarda pulning metallilik nazariyasini rivojlantirishga bo’lgan urinishlar. Pulning metallilik nazariyasiga nisbatan tanqidiy qarashlar. Pulning nominallik nazariyasining yuzaga kelish shart-sharoitlari va asosiy qoidalari. Pulning nominallik nazariyasining asoschilari va namoyondalari: J.Berkli, G.Knapp, F.Bendiktsen. Pulning nominallik nazariyasini 20-asrda rivojlanishi. Pulning miqdoriylik nazariyasi. Pulning aylanish tezligi va almashuv tenglamasi. Pulning miqdoriylik nazariyasida pullarga bo’lgan talab talqini. J.M.Keynsning “likvidlilikni afzal ko’rish” nazariyasi. Pullarga bo’lgan talab omillari: tranzaktsion omil, ehtiyotkorlik omili, spekulyativ omil. J.M.Keyns nazariyasini rivojlantirilishi. M.Fridmenning zamonaviy miqdoriylik nazariyasi. M.Fridmen va J.M.Keyns nazariyalari o’rtasidagi farqlar.





Yüklə 97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin