joyidan Yevfrat daryosining quyilish joyigacha suzib o‘tdi va bu sayohat haqida
hisobot yozib qoldirdi.
Eramizning boshlarida O‘rta dengiz xalqlaridan Gippal musson shamollaridan
foydalanib, Qizil (Eritrey) dengizidan Arabiston dengizi orqali Hindistonga suzib
borish yo‘lini kashf etadi. VII-VIII asrlarda arablar Sharqiy Afrika,
Arabiston
yarim oroli va Hindistonning qirg‘oq yaqinidagi suv yo‘llarini o‘zlashtirdilar. IX
asrgacha to Madagaskar oroligacha yetib bordilar. Arablar o‘z
sayohatlari haqida
okeanning qirg‘oqlari, orollari, marjon riflari, oqimlari va shamollar to‘g‘risida
ko‘plab ma’lumotlar tukxadilar. XV asrda xitoylik Chjen Xe Hind okeaniga yetti
marta katta ekspeditsiya uyushtirdi. Ekspeditsiyalar davrida u okeanda suzib
Kalikut, Maldiv orollarida bo‘ldi, Ormuz bo‘g‘ozi, Aden qo‘ltig‘i va Qizil
dengizgacha bordi. Chjen Xe suzib o‘tgan joylarining haritalarini tuzdi.
XV-XVI asrlardan boshlab yYevropaliklarning Hind okeaniga bostirib kirish
davri avjiga chiqadi. Tverlik savdogar Afanasiy Nikitin 1466-1472
yillarda
Sharqiy YYevropadan Hindistonga qilgan safarida Hind okeani sohillarida bo‘lgan
va barcha sarguzashtlarini "Uch dengiz osha" kitobida bayon etgan.
Portugaliyaliklar birin-ketin G‘arbiy Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab suzib borib Hind
okeanini zabt etishadi va suv yo‘li orqali Hindistonga borishadi. Pirovardida 1497-
1498 yillarda Vasko da Gama dengiz yo‘li orqali Hindistonga borishni tuligicha
amalga oshiradi. Ular 1500 yilda dengiz orqali Madagaskar, 1502 yilda Amirant,
1505 yilda Komor orollariga suzib borishadi, keyinchalik
Seyshel va Maskaren
orollarida bo‘lishib, ularni haritalarga tushirishadi. Portugaliyaliklardan keyin
Hind
okeaniga golland, fransuz, ispan va ingliz dengizchilari tashrif buyurishib, uning
barcha akvatoriyasi bo‘ylab sayohat qiladilar. O‘sha davrda Hind okeani nomi
shakllanib, birinchi marta u 1555 yilda Myunster haritasidan o‘z o‘rnini egallaydi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida ingliz dengizchisi Jeyms Kuk 1772-1775
yillarda "Rezolyushen" va "Advencher" kemalarida suzib, Hind okeaniga
geografik tavsif berish va uni qirg‘oq chiziqlarini
aniqlash bilan birga, suvning
yuza qatlamidan to 180 m chuqurlikkacha haroratning o‘zgarishini o‘lchash bilan
ham shug‘ullanadi. 1831-1836 yillarda "Bigl" kemasida tashkil etilgan
ekspeditsiya ishtirokchilari tomonidan to‘plangan materiallar tabiiy fanlarni,
ayniqsa okeanografiyani rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi. Ekspeditsiya
ishtirokchilari o‘z siyohati davomida Hind okeanini kesib o‘tish bilan birga Kakos,
Mavrikiy va boshqa orollarga ham tashrif buyurdilar. Hind okeani bo‘ylab qilgan
sayohati davomida Ch. Darvin geologik biologik zoologik ilmiy tadqiqot ishlarini
olib bordi. Ayniksa atollarning kelib chiqishi to‘g‘risida yaratgan ilmiy nazariyasi
hozirgi kunda ham mohiyatini yo‘qotgan emas.
Hind okeanini kompleks o‘rganish XIX asrning oxirida boshlandi. Eng yirik
tadqiqotlar 1873-1876 yillarda "Chellenjer" kemasida ingliz ekspeditsiyasi
tomonidan olib borildi. Bu ekspeditsiyaga professor
Uayvil Tomson rahbarlik
qildi. Kompleks ilmiy tadqiqot ishlari Britaniya qirollik jamiyati tomonidan ishlab
chiqilgan dastur asosida amalga oshirildi. Ekspeditsiyada qatnashgan olimlar
fizikaviy, kimyoviy, geologik, biologik ayniqsa ko‘proq zoologik kuzatishlar olib
bordilar. To‘plangan materiallar asosida 50 jildlik (30 ming bet) ilmiy to‘plam
nashr etildi. "Chellenjer" ishtirokchilari asosiy ilmiy kuzatish ishlarini Hind
okeanining janubiy akvatoriyasida olib bordilar.
1898-1899 yillarda Germaniya
Hind okeanida suvning chuqurliklarini
o‘lchash maqsadida "Valdiviya" kemasida maxsus ekspeditsiya tashkil etdi.
Ekspeditsiya asosan okeanning shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismlarida
joylashtirilgan 129 ta stansiyada meterologik va
biologik kuzatishlar hamda
chuqurliklarni o‘lchash ishlarini bajardi. To‘plangan materiallar asosida G.Shott
1900 yilda
Hind okeanining batimetrik haritasini tuzdi.
Hind
okeanini keng ko‘lamda yalpisiga tadqiq qilish ishlari 1960-1965
yillarda YUNESKO tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro
Hind okeani
ekspeditsiyasi tomonidan amalga oshirildi. Bu tadqiqot ishlarida 20 dan ortiq
mamlakatlarning olimlari ishtirok etdilar, okean tabiatiga va tabiiy boyliklariga xos
ko‘plab yangi ma’lumotlar to‘pladilar, okean tagi relefiga taalluqli bir qator
kashfiyotlar qildilar. Xalqaro ekspeditsiyada "Vityaz", "Ob"^ "Akademik
Kurchatov", "Dmitriy Mendeleev", "Akademik Vernadskiy", "Mixail Lomonosov"
kabi sovet ilmiy kemalari ishtirok etdi.
Binobarin, Xalqaro Hind okeani ekspeditsiyasi, Xalqaro
geofizika yili va boshqa
ekspeditsiyalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida G‘arbiy Hind
va Sharqiy Hind suv osti tog‘ tizmalari, Mozambiq Ouen, Tasmaniya, Diamantika
tektonik yoriq zonalari, Afanasiy Nikitin, Ob, Lena, Bardina, Zenit, Ekvator kabi
suv osti tog‘lari kashf etildi.
Dostları ilə paylaş: