O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə137/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Organik dunyosi 
Atlantika okeanining organik dunyosi Tinch va Hind okeanlarining organik
dunyosiga nisbatan kambag‘alroq. Bunday bo‘lishiga asosiy sabab nima? Bunga 
ikki xil tarixiy geologik omil ta’sir etgan. Birinchisi, Atlantika okeanining
boshqalarga nisbatan geologik rivojlanish nuqtai nazaridan yoshroq ekanligi va 
ikkinchidan materik muz bosishlari davrlarida okean suvining juda sovib
ketganligidir. Lekin tirik organizmlarning turlari kam bo‘lishiga qaramasdan 
baliqlar va boshqa hayvonlarning mahsuldorligi ancha yuqori.
Atlantika okeani o‘simliklarga juda boy. Okean tagida qo‘ng‘ir, yashil va 
qizil suvo‘tlari-fitobentoslar keng tarqalgan. Sho‘r suvda bemalol o‘sa oladigan
gulli o‘simliklar ham ko‘plab uchraydi. Ular filospadiks, zootera va 
poseydoniyalardan tarkib topgan. Sargasso dengizida sargassa deb ataladigan
qo‘ng‘ir suvo‘tlar nihoyatda ko‘p. 


Okeanning hayvonot dunyosi o‘simliklarga nisbatan birmuncha boyroq.


Hayvonot turlarining xilma-xilligi okean iqlim sharoitiga bo‘ysungan holda 
shimoliy va janubiy qutblardan ekvator tomon orta boradi. Sovuq va mo‘’tadil
mintaqalarda bir necha ming hayvon turlari yashasa, tropik va ekvatorial 
mintaqalarda o‘n minglab hayvon turlari yashaydi. Sovuq va mo‘’tadil mintaqalar
uchun sut emizuvchilardan kit va ko‘rak oyoqlilar, baliqlardan seld, 
treskasimonlar, olabug‘asimonlar va kambalasimonlar harakterlidir. Bulardan
tashqari tyulenlar, dengiz mushuklari, kalka hamda sardinalar yashaydi. Okeaning 
tropik va ekvatorial mintaqalari uchun kashalot, dengiz toshbaqalari, akulalar,
uchar baliqlar, qisqichbaqasimonlar, marjon poliplari, meduzalar, tuneslar, 
molyuskalar
harakterlidir. 
Chuqur
suv

faunasi
bulutlar, 


marjonlar,
qisqichbaqasimonlar, ninatanlilar va boshqa dengiz hayvonlaridan tarkib topgan. 
Umuman, Atlantika okeanida hozirgi davrda 200 mingga yaqin o‘simlik va hayvon
turlari istiqomat qiladi. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin