O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə109/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Malay arxipelagi. Malay arxipelagi Er kurasidagi eng yirik orollar landshaft
o‘lkasi bo‘lib, Osiyoning janubi-sharqida joylashgan. Uning tarkibida Kapa Zond 
(Kapimantan, Sumatra, YAva, Sulavesi), Kichik Zond (Bali, Lombok, Sumbava,
Sumba, Flores, Lomblen, Alor, Vetar, Timor), Malukka va Filippin orollar guruxi 


kirada- Maydoni 2 mln km


2
ga yaqin. Arxipelagning qirg‘oq chiziqlari turli xil 

kesilgan. Ko‘pchilik orollarning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy tog‘li qirg‘oqlari kam


kesilgan, sharqiy va shimoli-sharqiy pasttekis va botqoqli qirg‘oqlari kuchli 
kesilgan.
Arxipelag relefida o‘rtacha baland va past tog‘lar ustunlik qiladi. Barcha 
tog‘lar alp burmalanishi jarayonida vujudga kelgan antiklinal ko‘tarilmalar
tizimida joylashgan. Aksariyat tog‘lar mezozoy va uchlamchi davr ohaktoshlari, 
qumtoshlari va mergeshtaridan tuzilgan bo‘lib, ularni vulkanik jinslar yorib
chiqqan. Vulkan konuslari burmachangan poydevorlar ustida orollar shaklida 
alohida-alohida ko‘tarilib turadi. Kalimantan va Sulavesi orollaridagi tog‘lar
paleozoy jinslaridan tarkib topgan va burmali-palaxsali harakterga ega. Sumatra, 
YAva va Kalimantan orollaridagi pasttekisliklar sinklinal cho‘kmalarda hosil
bo‘lgan. 
Malay arxipelagida vulkanlar keng tarqalgan. Sumatra orolida 15 ta
harakatdagi vulkanlar mavjud. SHulardan berinchi vulkani dengiz sathidan 3800 
m, Marapi 2891 m va Pyoetsagu 2780 m baland. YAvadagi 136 ta vulkandan 30
tasi harakatda. Eng yiriklari Semeru (3676 m), Salamet (3428 m), Gede (2958 m) 
vulkanlaridir. Filippin arxepelagidagi eng katta vulkanlar Mindano orolidagi Apo
(2954 m) va Luson orolidagi Mayon (2416 m) lardir. Sumatra va YAvani bir-
biridan ajratib turgan Zond bo‘g‘ozida balanligi 800 m bo‘lgan mashhur Krakatau
vulkanik orol joylshgan. Krakatau vulkanining eng dahshatli otilishlari 1883, 1973 
yillarda sodir bo‘lgan va juda katta talofatlar keltirgan.
Malay arxipelagi orollari ichida eng kattasi Kalimantan oroli bo‘lib, uning 
maydoni 734 ming km
2
. Orolning markaziy qismini janubi-g‘arbdan shimoli-

sharqqa qarab yirik palaxsali tog‘lik massivi kesib o‘tgan. Bu massiv SHvaner,


Myuller, Apo-Duat va Kroker tizmalaridan tarkib topgan. Kapimantanning eng 
baland nuqtasi Kroker tog‘idagi Kinabalu cho‘kqisida 4101 m ga etadi.
Malay arxipelagining o‘rta qismi ekvatorial, shimoliy va janubiy qismlari 
subekvatorial
iqlim

mintaqalarida


joylashgan. 
Ekvatorial
mintaqadagi 
pasttekisliklarda va tog‘oldi zonalarida havo harorati yil davomida 25°, 27°S ni
tashkil etadi. Tog‘larning 1500-2000 m balandliklarida eng sovuq oyning o‘rtacha 
harorati +15°S ga, eng issiq oyniki +17°S ga teng. Xuddi shunday balandliklarda
harorat -2°, -3
M
S gacha pasayishi mumkin. Tekisliklarda o‘rtacha yillik yog‘in 

miqdori 1500-2000 mm ga teng. Hind va Tinch okeanlaridan esadigan


mussonlarga ro‘para bo‘lgan tog‘ yon bag‘rlariga 4000-5000 mm dan 7000-8000 
mm gacha yomg‘ir yog‘adi. Havo namligi o‘rtacha 80%, ayrim joylarda 95%
gacha etadi. Subekvatorial mintaqalarda mussonlarning sirkulyasiyasida qishki 
qirg‘okchil va yozgi namlik davrlari aniq ifodalangan.
Malay arxipelagida daryo turi yaxshi rizojlangan. Daryolari sersuv, gidrologik 
rejimi kam o‘zgaruvchan qisqa daryolardir. Ulariing yuqori qismi tog‘li, ostonali
va tez oqar, tekislikka chiqandan keyin vodiylar kengayadi, oqim tezligi 
sustlashadi. Eng yirik daryolari Klimantan orolidagi Kapuas va Barito,
Sumatradagi Jambi, Inderagiri va Musi, Lusondagi Kagayan, Mindanodagi Agusan 
daryolaridir. Botqoqlangan pasttekisliklarda va daryo vodiylarida mayda ko‘llar
k
o


p





Tekislik va tog‘larda qizil tuproqlar va podzollashgan turli xil laterit tuproqlar


keng tarqalgan. Atmosfera yog‘inlari kam tushadigan botiqlarda qizg‘ish-ko‘ng‘ir, 
jigar rang savanna tuproqlari hosil bo‘lgan. Pasttekisliklarning katta qismini
o‘tloqn, o‘tloqi-botqoq tuproqlar egallab olgan. Tog‘larda vulkanik tuproklar ham 
keng tarqapgan.
Malay arxipelagi Er kurasida floraga eng boy region hisoblanadi. Bu erda 
o‘simliklarning 45000 dan ziyod turi mavjud. Arxigyulagning 1300-1500 m
balandlikkacha bo‘lgan qismida doimiy yashil nam tropik o‘rmonlar hukmronlik 
qiladi. Bu o‘rmonlar qalin, baland bo‘yli, ko‘p yarusli, liana va epifitlarga juda
boy. Tuproq yuzasini orxideylar, moxlar va lishayniklar qoplab olgan. Lianalar 
orasida uzunligi 200-300 m ga etadigan va tevarak-atrofdagi daraxtlarni o‘rab
olgan rotang palmasi alohida o‘rin tutadi. O‘simlik qoplamida palmadoshlar 
oilasiga mansub bo‘shgan palmalarning bir qancha turlari, bambuklar, fikuslar,
panduslar, daraxtsimon paporotniklar, yovvoyi bananlar ko‘pchilikni tashkil etadi, 
1300-1500 m dan yuqoridagi tog‘ tropik o‘rmonlarida doimiy yashil eman,
rododendron, kashtan, zarang va igna bargli daraxtlar o‘sadi. 3000-3500 m 
balandlikda past bo‘shsh tog‘ o‘rmonlari, undan yuqorida alp o‘tloqlari tarqalgan.
Kalimantanning yog‘in kamrok tushadigan ichki rayonlarida nam tropik o‘rmonlar 
savannali o‘rmonlar yoki savannalar bilan almashinadi. Savannalarda baland bo‘yli
boshoqli o‘simliklar, alang-alanglar, yovvoyi shakar qamishlar o‘sadi. Aholi 
punktlari atrofida banan, non daraxti, mango, palma, duryan plantatsiyalari barpo
etilgan. 
Fauna tarkibida o‘rmonlarga xos hayvon turlari ko‘p uchraydi. Ayniqsa
maymunlar oilasiga mansub bo‘lgan orantugan, gibbon, baqaloqlari, pugalo, 
makakalar keng tarqalgan. Ahyon-ahyonda fillar, karkidonlar, cheprachli tapirlar,
selebes babirussasi uchraydi. Endemik hayvonlardan makakalardan tashqari anoa 
bo‘yvoli ham saqlanib qolgan.
Malay arxipelagi tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasi bo‘yicha uchta 
tabiiy geografik rayonga bo‘linadi: 1) Kapa Zond orollari. 2) Kichik Zond va
Malukka orollari. 3) Filippin arxipelagi. 







Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin