SHillong massivida nam tropik iqlim hukmron. YOzda Hind okeanidan esadigan
ekvatorial passatlar katta mikdorda namgarchilik olib keladi. Yiliga 1000-2500
mm atrofida yog‘in tushadi. SHillong platosining janubiy yon bag‘rida, 1358 m
balandlikda joylashgan CHerapunjada yog‘in miqdori 1200 mm dan ham oshadi.
G‘arbga borgan sari iqlim kontinentallashib boradi. Hind tekisligi Gang
pasttekisligiga nisbatan juda quruq. Bu erga janubi-sharkiy musson ancha
kuchsizlashib keladi, shimoli-g‘arbiy shamollar esa quruklikdan esadi. SHuning
uchun Hind pasttekisligida yog‘ingarchilik kam bo‘ladi.
Uning hamma qismida
yog‘in miqdori 500 mm dan oshmaydi. Jumladan, yillik yog‘in miqdori Panjobda
400 mm ni, Tar cho‘lida 100-150 mm ni tashkil etadi. Oblastda kuchli issiq mayda
boshlanadi, o‘rtacha harorat 30°, 32°S ga etadi. G‘arbda yuqori harorat 38°S gacha
ko‘tariladi. YAnvarning o‘rtacha harorati +18°, +20°S ga teng.
Pasttekislikning musson iqlimli sharqiy qismida g‘arbiy qismiga nisbatan
daryo to‘ri yaxshi rivojlangan. Allyuvial yassi tekislikni tog‘lardan oqib tushadigan
Hind, Gang, Braxmaputra, Jamna daryolari kesib o‘tgan. Ularning irmoqlari
Himolay tog‘laridan boshlanib musson yomg‘irlari,
qor va muzlik suvlaridan
to‘yinadi. Hind havzasida va Gang havzasining g‘arbiy qismida kanallar,
to‘g‘onlar va suv omborlari kurilgan.
Ganga daryosining vodiysida va deltasida botqoq landshaftlar rivoj topgan.
Botqoqlarda baland bo‘yli o‘tlar, orxideylar, paporotniklar, bambuklar, uzun bargli
nipa palmasi va lianalar o‘sadi. Suv havzalarida hind nilufari ko‘p uchraydi. Gang
va Braxmaputra deltasining ancha qismi mangr va doimiy yashil o‘rmonlar bilan
qoplangan. Qishloqlar atrofini mango, figi daraxtlari, bambukzorlar, o‘lkan
bananlar o‘rab olgan. Oblastning g‘arbiy qismidagi sho‘rxok va qumli cho‘llarda
siyrak holda sho‘ra, saksovul, yantoq va boshqa kserofit o‘simliklar o‘sadi.
Ganga pasttekisligida aholi nihoyatda zich joylashganligi
tufayli tabiiy
landshaftlar juda kam saqlangan. O‘zlashtirilgan erlarda sholi, shakar qamish,
makkajo‘xori, tarik, bug‘doy, tola beradigan jut kabi madaniy ekinlar ekiladi.
Bengal va Assam pasttekisliklarida banan, kokos palmasi
va choy plantatsiyalari
barpo etilgan. Hind tekisligida don va sabzavot ekinlari bilan bir qatorda ko‘plab
paxta ham ekiladi. Umuman, Gang pasttekisligining o‘rta va yuqori qismida, Hind
tekisligida sug‘orma dehkonchilik yaxshi rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: