Okeanning hayvonot dunyosi o‘simliklarga nisbatan birmuncha boyroq.
Hayvonot turlarining xilma-xilligi okean iqlim sharoitiga bo‘ysungan
holda
shimoliy va janubiy qutblardan ekvator tomon orta boradi. Sovuq va mo‘’tadil
mintaqalarda bir necha ming hayvon turlari yashasa, tropik va ekvatorial
mintaqalarda o‘n minglab hayvon turlari yashaydi. Sovuq va mo‘’tadil mintaqalar
uchun sut emizuvchilardan kit va ko‘rak
oyoqlilar, baliqlardan seld,
treskasimonlar, olabug‘asimonlar va kambalasimonlar harakterlidir. Bulardan
tashqari tyulenlar, dengiz mushuklari, kalka hamda sardinalar yashaydi. Okeaning
tropik va ekvatorial
mintaqalari uchun kashalot, dengiz toshbaqalari, akulalar,
uchar
baliqlar, qisqichbaqasimonlar, marjon poliplari,
meduzalar, tuneslar,
molyuskalar
harakterlidir.
Chuqur
suv
faunasi
bulutlar,
marjonlar,
qisqichbaqasimonlar, ninatanlilar va boshqa dengiz hayvonlaridan tarkib topgan.
Umuman, Atlantika okeanida hozirgi davrda 200 mingga yaqin o‘simlik va hayvon
turlari istiqomat qiladi.
Dostları ilə paylaş: