O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Xizmat muddati va qiymatidan qat'i nazar inventar va xo'jalik anjomlari



Yüklə 213,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix16.12.2023
ölçüsü213,26 Kb.
#183667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
tovar moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi uning natijalari hisobi

Xizmat muddati va qiymatidan qat'i nazar inventar va xo'jalik anjomlari 
tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 
1.
maxsus asboblar va moslamalar (muayyan 
buyumlarni turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka 
tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo'ljallangan maqsadli 
vazifadagi asboblar va moslamalar); 
2.
maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal; v) 
ko'rpa-to'shaklar; 
g) yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo'yiladigan asboblar va 
hokazo); 
d) oshxona inventari, shuningdek sochiq-dasturxonlar; 
2
BHMS № 4 «Tovar-moddiy zaxiralar». O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2006- yil 
17-iyulda ro'yxatga olingan, № 1595. 


16 
e) ularni barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga 
kiritiladigan vaqtinchalik (titulda bo'lmagan) inshootlar, moslamalar va qurilmalar
j) foydalanish muddati bir yildan kam bo'lgan almashtiriladigan uskunalar; z) 
ovlash qurollari (trallar, yoyma to'rlar, to'rlar, anjomlar, matraplar va hokazo). 
Tovar-moddiy zaxiralar hisobini to'g'ri va to'laqonli tashkil etish maqsadida 
ularni ilmiy asoslangan tasnifi va baholanishi muhim ahamiyatga ega. 
Egalik qilish xususiyatiga muvofiq, moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari 
tashkilotga egalik huquqi hamda xo'jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi 
bo'yicha tegishli (xususiy) va unga ushbu huquqlar bo'yicha tegishli bo'lmagan 
(xususiy bo'lmagan) boyliklarga bo'linadi. 
Tashkilotlarga tegishli bo'lgan tovar-moddiy boyliklarga u tomondan 
tayyorlangan, sotib olingan yoki boshqa shaklda olingan boyliklar kiritilib, ular 
omborda yoki ishlab chiqarish jarayonida joylashgan bo'ladi. 
Tashkilotga egalik huquqi va boshqa shunga o'xshash huquq bo'yicha tegishli 
bo'lmagan, biroq shartnoma shartlari bo'yicha uning ixtiyoridagi tovar- moddiy 
boyliklar kiritilib, ular alohida turlari bo'yicha balansdan tashqari schyotda hisobga 
olinadi. 
Yuqorida keltirgan ta'rif va tavsiflarni o'rganish natijasida tovar-moddiy 
zaxiralarning xo'jalik yurituvchi sub'ektlarining faoliyatiga xos quyidagi ta'rifni 
taklif etamiz. 
Tovar-moddiy zaxiralar - bu kapital doiraviy aylanishining birinchi 
bosqichidagi moddiy aktivlar, ya'ni hali ishlab chiqarish jarayoniga berilmagan va 
o'zlarining natural-moddiy shaklini to'liq, saqlab turgan ishlab chiqarish zaxiralari; 
asosiy podaga o'tkazish yoki sotish maqsadida o'stirilayotgan va boquvdagi chorva 
mollari; ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar; sotish uchun 


17 
mo'ljallangan tovarlar; tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor 
mahsulotlar hamda ishlab chiqarishdagi brakdan iborat.
Tovar-moddiy zaxiralari bo'yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga 
quyidagilar kiradi: 
1.
tovar-moddiy zaxiralarini ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga 
mos ravishda hisobga olish; 
2.
tovar-moddiy zaxiralarini to'g'ri turkumlash va guruhlarga ajratish; 
3.
tovar-moddiy zaxiralarini to'g'ri baholash; 
4.
tovar-moddiy zaxiralariga qilingan qo'shimcha xarajatlarni (tashib keltirish, 
boj va soliq to'lovlari, kurs o'rtasidagi farqlar, ustamalar, sertifikatsiyalash 
va boshqalar) to'g'ri hisobga olish, ularni o'z vaqtida sotib olingan zaxiralar 
tannarxiga (qiymatiga) yoki korxona xarajatlariga kiritish
5.
tovar-moddiy zaxiralari holati va harakatini to'g'ri,o'z vaqtida va tegishli 
boshlang'ich hujjatlar bilan rasmiylashtirib hisobga olish; 


18 

Yüklə 213,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin