113
taxti uchun olib borgan kurashi ham mag‗lubiyat bilan tugadi. Bobur 1504 yilga
qadar, Farg‗ona uchun kurashdi, lekin g‗alaba qozonmaydi. 1504 yil (iyun oyida)
O‗rta Osiyoni tark etadi va Afg‗onistonga boradi. O‗shanda Bobur
Afg‗onistondagi feodal tarqoqlikdan ustalik bilan foydalanadi va Qobulni
egallaydi.
1511 yilning kuzida Bobur Eron podshosi Ismoil Safaviyning (1502-
1524yy.)
harbiy yordamiga tayanib, Samarqandni egallashga muvaffaq bo‗ladi,
lekin uning hukmronligi bir yilga ham yetmadi. 1512 yilning bahorida Ko‗li Malik
degan joyda bo‗lib o‗tgan jangda Shayboniyxolarning birlashgan kuchlari uni tor-
mor keltiradi. Bobur Hisor orqasida 2 yil yashab, 1514 yilda Yana Qobulga
qaytadi. 1514-1526 yillar orasida Shimoliy Hindistonga, uni bo‗ysundirish
maqsadida 5 marta qo‗shin tortadi, lekin faqat so‗nggi yurishda 1526 yilda u boy
mamlakatni bosib oladi va Boburiylar (G‗arbda Buyuk mo‗g‗ullar)
imperiyasi
nomi bilan mashhur bo‗lgan feodal davlatga asos soldi. Muhammad Zahiriddin
Bobur 1530 yilning 26 dekabrida 47 yoshida vafot etadi.
Bobur o‗zining ajoyib lirik she‘rlari hamda «Boburnoma» nomli
ensiklopedik asari bilan tarixda o‗chmas nom qoldirdi.
«Boburnoma» me‘muar tipda yozilgan asar bo‗lib, o‗zida Farg‗ona,
Toshkent, Samarqand, Hisori shodmon, Chag‗oniyon, Afg‗oniston va Shimoliy
Hindistonning XV asrning 80-90 yillari va XVI asrning
birinchi choragidagi
ijtimoiy-siyosiy ahvoli yoritiladi. Bundan tashqari asar geografik va etnografik
faktlarga
(Farg‗onaning
turk-mo‗g‗ul
qabilalari,
ko‗chmanchi
o‗zbek
qo‗shinlarining tuzilishi, Movaraunahr, Afg‗oniston va Hindiston xalqlarining urf-
odati va h.k.) ham juda boy.
―Boburnoma‖ XVI asrdan boshlab hozirgacha dunyoning ko‗p tillari: ingliz,
golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va boshqa tillariga bir necha
martalab tarjima qilindi, sharh-izohlar bilan nashr etildi. Angliya, Amerika,
Fransiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Afg‗oniston, Turkiya, Yaponiya kabi
o‗nlab mamlakat olimlarining ilmiy tadqiqotlarida ―Boburnoma‖ning
insoniyat
yaratgan o‗lmas obidalar qatorida alohida o‗rinda turishi ta‘kidlanadi.
―Boburnoma‖ning jahonga mashhur bo‗lishida, asosan ingliz sharqshunoslarining
xizmati katta bo‗ldi. Yevropadagina emas, balki jahonda birinchi to‗liq nashrini
(ingliz tilida) 1826 yilda J. Leyden va V. Erskin amalga oshirdi. F. Talbot esa
mazkur nashr asosida 2 marta 1878 va 1909-yillarda uning qisqartirilgan
nashrlarini chop ettirdi. 1921-yilda ingliz sharqshunosi A. Beverij ―Boburnoma‖ni
mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning o‗zida
―Boburnoma‖ning tarjimalari 9 marta nashr etildi. Keyingi yillarda
―Boburnoma‖ning professor V. Takston tomonidan AQSHda (Kembrij shahri,
114
Garvard unti, 1993)
hamda ikki jild hajmda, mukammal so‗zlik, ko‗rsatkich va
sharh-izohlar bilan Yaponiyada (Kioto, 1995-96) ilmiy-tanqidiy matni nashr etildi.
―Boburnoma‖ qo‗lyozmalari matnida 1504-1505, 1509-1518, 1520-1524
yillar tafsiloti uchramaydi, 1508 va 1520-yil voqealari bayoni tugal emas. Mana
shu uzilish bo‗lgan o‗rinlarni ingliz sharqshunoslari boshqa tarixiy manbalar
asosida ma‘lum darajada tiklaganlar. ―Boburnoma‖ 1586-yilda forschaga, undan
parchalar 1705 Vitsen tomonidan golland tiliga, A.
Keyzer tomonidan
qisqartirilgan holda nemis tiliga, Pave de Kurteyl tomonidan to‗la holda fransuz
tiliga (1871) tarjima qilingan. ―Boburnoma‖ni tarjima qilish va tadqiq etishda,
shuningdek Afg‗oniston (Abdulxay Habibiy), Pokiston (Rashid Axtar Nadviy,
Shoh Olam Mavliyot), Hindiston (Mirzo Nasriddin Haydar,
Muhibbul Hasan
Rizviy), Turkiya (R . R. Arat va N. I. Bayur) kabi mamlakatlar olimlarining
xizmati ham katta. Rus sharqshunoslaridan N. I. Pantusov, S. I. Polyakov, V.
Vyatkinlar ham ―Boburnoma‖dan parchalarni tarjima qilganlar. N. I. Ilminskiy
1857-yilda ―Boburnoma‖ni Qozonda nashr ettirdi.
―Boburnoma‖ asarining bir necha marta soddalashtirilib, o‗quvchiga
tushunarli tilda nashr qilingan hamda undagi tarixiy voqealar yoritilgan ko‗plab
asarlar yaratilgan va yaratilmoqda.
Jumladan, Porso Shamsiyev, V. Rahmonov,
H.Qudratillayev, T. Fayziyevlar bu borada bu sohada tadqiqot ishlarini amalga
oshirganlar. Bu asarlar hozirda ham Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlari tarixini
o‗rganishda boy manba bo‗lib xizmat qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: