109
Asarning yaxshi qo‗lyozma nusxalari Angliya va Rossiya (Sankt Peterburg)
kutubxonalarida saqlanmoqda. Abruning ikkinchi
asarida butun dunyo tarixi
bo‗yicha to‗plamning (―Majmua‘ ut-tavorix‖ yoki ―Tarix to‗plami‖) mundarijasi
va kirish so‗zi berilgan. Ushbu to‗plamning birinchi jildining birinchi bo‗limi
Temurga bag‗ishlangan.
Hofizi Abru yana Temuriy Boysung‗ur (Shoxruxning o‗g‗li) ning topshirig‗i
bilan yozgan asari mazmuniga ko‗ra 4 ta qismga bo‗lingan: 1) Islomiyatdan avval
o‗tgan payg‗ambarlar va qadimgi Eron podsholari; 2) Muhammad payg‗ambar va
arab halifalari; 3) Eronning Saljuqiylar hamda mo‗g‗ullar davridagi (Elxon Abu
Sa‘id davrigacha) tarixi; 4) ―Zubdat ut-Tavorix-i Boysunquriy‖
Hofizi Abru o‗z asarlarida Temur o‗limi to‗g‗risida
ham hikoya qiladi,
bunday hikoya Sharafuddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy asarlarida ham
yo‗q. Yana shu narsani aytish lozimki, Hofizi
Arbu asarlari Abdurazzoq
Samarqandiy foydalangan asosiy manbadir.
Dostları ilə paylaş: