O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, professional ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyоrlash va ularning malakasini oshirish instituti boshlang‘ICH professional ta’limning



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə49/109
tarix24.12.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#191503
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109
30711401 - Avtomobil dvigatellarini tashxislash

Tuzuvchilar:

Madjitov A.

Pedagogik innovatsiyalar instituti Ta’lim texnologiyalari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi


Yusupova G.

Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi direktori


Tuxtamuratov O.

Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari


Umarov M

Shayxontohur tuman kasb-hunar
maktabi bosh ustasi

Taqrizchilar:

Ismatov J

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Energiya mashinasozligi va kasb ta’limi» dotsenti t.f.n.


Musabekov Z

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Energiya mashinasozligi va kasb ta’limi» dotsenti,

1. O‘quv dasturi umumiy talablari


Dastur nomi

Avtomobil dvigatellariga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari.

Ajratilgan soat

90

O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni

15

Dasturning maqsadi

Fanni o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarga «Avtomobillar tuzilishi, avtomobil dvigatellariga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari» fanidan olgan bilimlarini mustahkamlashdan iborat. Fanni asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-avtomobilning tuzilishini o‘rganish;
-avtomobilning birikma, agregat, mexanizmlarni qismlarga ajratish-yig‘ish, servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarishda mustaqil ko‘nikmalarni shakllantirish..

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

O‘quvchi dasturni o‘zlashtirish natijasida avtomobillarning umumiy tuzilishini, avtomobil dvigatellari tuzilishini, servis xizmat ko‘rsatish mexanizmlar, asboblar, detallarning tuzilishi va ishlashini o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Bilimlar

­ avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari;
­ avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarning nosozlik va buzuqliklarini, ularni sodir bo‘lish sabablarini aniqlash, bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari;
­ avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologik jarayoni hamda ishni tashkil qilish usullari;
­ servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hamda tashxislash jarayonida foydalaniladigan asbob uskunlar va moslamalarni, ularni ishlash tartibini va foydalanish qoidalari.

Ko‘nikmalar

­ xavfsizlik texnikasiga amal qilish;
­ avtomobilni umumiy tekshirish va tashxislash;
­ dvigatellarni qismlarga ajratish va yi`gish;
­ dvigatel, sovitish, moylash tizimini tekshirish, tashxislash, nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish;
­ ta’minlash tizimi va elektr jihozlarni tekshirish, nosozliklarini aniqlash, servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish.







­ dvigatellarni mexanizm va tizimlarga servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish.


Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin