Fanni o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarga «Avtomobillar tuzilishi, avtomobil dvigatellariga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari» fanidan olgan bilimlarini mustahkamlashdan iborat. Fanni asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-avtomobilning tuzilishini o‘rganish;
-avtomobilning birikma, agregat, mexanizmlarni qismlarga ajratish-yig‘ish, servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarishda mustaqil ko‘nikmalarni shakllantirish..
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
O‘quvchi dasturni o‘zlashtirish natijasida avtomobillarning umumiy tuzilishini, avtomobil dvigatellari tuzilishini, servis xizmat ko‘rsatish mexanizmlar, asboblar, detallarning tuzilishi va ishlashini o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Bilimlar
avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari;
avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarning nosozlik va buzuqliklarini, ularni sodir bo‘lish sabablarini aniqlash, bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari;
avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologik jarayoni hamda ishni tashkil qilish usullari;
servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hamda tashxislash jarayonida foydalaniladigan asbob uskunlar va moslamalarni, ularni ishlash tartibini va foydalanish qoidalari.
Ko‘nikmalar
xavfsizlik texnikasiga amal qilish;
avtomobilni umumiy tekshirish va tashxislash;
dvigatellarni qismlarga ajratish va yi`gish;
dvigatel, sovitish, moylash tizimini tekshirish, tashxislash, nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish;
ta’minlash tizimi va elektr jihozlarni tekshirish, nosozliklarini aniqlash, servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish.
dvigatellarni mexanizm va tizimlarga servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish.