tekshirib turishi zarur. O‘z xulosalari va baholarida subyektivlikka yo‘l
qo‘ymaslikka, shaxsiy moyillik va xusumatni yo‘q qilishga harakat qilishi kerak.
Tafakkurni shakllantirish usullari:
mustaqil fikr yuritish, javobgarlik hissini anglash kabi shaxsiy xususiyatlarni
rivojlantirish;
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va tajribani
egallashga harakat qilish;
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va tajriba
egallashga harakat qilish;
bir-biriga qarama-qarshi fikrlar chigalini yechish, qiyin, mavhum
vaziyatlarda yechim topish mashqlarini mukammallashtirish;
mantiqiy fikrlash, tafakkur operatsiyalar mohiyatini anglash, masalani
yechishdagi g‘ayritabiiy usullar bilan tanishish;
Kishining butun hayoti uning oldiga hamisha jiddiy va kechiktirib
bo’lmaydigan vazifalar va muammolarni qo’yadi. Bunday muammolarning,
qiyinchiliklarning, tasodiflarning yuzaga kelishi atrofimizdagi voqelikda hali juda
ko’p noma’lum, tushunib bo’lmaydigan, kutilmagan, yashirin narsalar borligidan
dalolat beradi. Demak, olamni chuqurroq o’rganib, unda odamlar va narsalarning
tobora yangi-yangi jarayonlarini, xususiyatlarini va o’zaro munosabatlarini ochish
lozim. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, hayot va faoliyat davomida har bir
individ narsalarning qandaydir yangi, ilgari ma’lum bo’lmagan xususiyatlariga duch
keladi. O’tmishdagi bilimlarimizning kamligi bilinib qoladi. Koinot cheksiz
bo’lganidek, uni bilish jarayoni ham cheksizdir. Tafakkur hamisha hali bilib
olinmagan, yangilikning ana shunday cheksiz chuqur jihatlariga qaratilgan bo’ladi.
Tafakkur-jiddiy ravishda yangilikni qidirish va ochishga bog’liq, aloqador
psixik jarayondir, uning tahlili va sintezi jarayonida voqelikni bavosita va
umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy
bilishlardan paydo bo’ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib
ketadi.
Dostları ilə paylaş: