O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


I BOB. O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK SIYOSATNING



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

I BOB. O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK SIYOSATNING 
MOHIYATI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI 
 
1.1. Respublikada ekologik siyosatning shakllanishi 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat 
boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-
yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi qayta tashkil etildi. 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 
faoliyatining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
● ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi; 
atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy 
komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sha-
roitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash; chiqindilar bilan bog‘liq ish-
larni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan 
davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan mus-
tahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya 
qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish;
● yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan 
tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va 
ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi 
qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratni o‘rnatish; 
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, 
tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni 
amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
● ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat 
kadastrini yuritish, yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi o‘simliklarni 
ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanikaga oid 



kolleksiyalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish; ekologik tarbiya, 
targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini 
oshirishni tashkil etish. 
Butun dunyodagi insonlarni bezovta qilayotgan “ozon tuynugi” 
tabiatni asrashda eng global muammolardan biridir. Ozon qatlami 
qalinligi 3-5 mm va yerdan 17 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 
odamlarni quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. 
Quyoshdan keladigan nurlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tib kelsa, barcha tirik 
organizmlarni halok etadi. Ozon qatlami inson uchun nozik qalqon 
bo‘lib kelgan, ammo keyingi paytda aqlli inson tomonidan texnogen 
omillarning rivojlanib borishi natijasida nozik qalqonda teshik paydo 
qilindi. “Antropogen ta’sirida atmosferaga katta miqdorda ftorli, xlorli 
gazlar, freonlar va (NO
2
) azod oksidlari tashlanadi. Hozirgi kunda ozon 
teshigi Antarktidaning kichikroq maydonida va Arktikada hosil bo‘ldi. 
Shuningdek, katta shaharlar ustidagi ozon qatlami ham kun sayin 
yupqalashib bormoqda”
1
.
«Inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga 
solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning 
o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosa-
batlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo‘lib 
qolmoqda.
Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun 
dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga 
kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko‘p jihatdan hozirgi va 
kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini 
beradi»
2

Mamlakatimizdagi ekologik xavfsizlik siyosati O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, atrof-muhit va barqaror rivojlanishga oid 
qonunchilik hamda Yoxannesburg Deklaratsiyalari va Parij 
konferensiyalari tamoyillari asosida olib borilib, ijtimoiy va ekologik 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti orqali huquqiy demokratik davlat va 
ochiq fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda. 
1
Odum E.P., 1980a Radiation ecology at Oak Rider/ In – Environmental Sciences Laboratorory 
Dedication, Oak Ridge, Teen., Oak Rige National Laboratoru, pop. 53-57.
2
Mirziyoev Sh.M.
“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi 
tizimini takomillashtirish to’g‘risida”gi Farmoni. 21-aprel 2017-yil. Toshkent.


10 
Biroq istiqbolda respublikamiz hududida quyidagi ekologik 
muammolar o‘z echimini kutib qolmoqda:
● Orol dengizining qurishi tufayli kelib chiqqan ekologik vaziyat; 
● ko‘p yillik paxta yakkahokimligi, ma’danli o‘g‘itlar va o‘sim-
liklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini me’yoridan ortiq 
ishlatish, flora va faunaning degradatsiyasi tufayli vujudga kelgan 
tuproq va suv resurslari sifatining qoniqarsizligi; 
● tuproq, suv, biologik resurslar va atmosfera havosi sifatiga 
antropogen, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishi ta’sirining kuchayishi;
● sanoat va maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish va qayta ishlash 
tizimining qoniqarsizligi; 
● atrof-muhit holati va uni ifloslantirish manbalari axborot 
monitoringining texnik va metodik ta’minoti rivojlanmaganligi va shu 
kabilar.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish davlat qo‘mitasi huzurida Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan 
tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ularning foydalanishni nazorat 
qilish inspeksiyasining markaziy apparati tuzilmasi hamda uning 
hududiy inspeksiyalari faoliyat olib boradi. Ushbu qo‘mita 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish boshqarmalarida chiqindilarning hosil 
bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta 
ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilib boradi. 
Qarorda chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, ta-
shilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsi-
yasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining asosiy vazifalari va 
yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan: 
• davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi 
hokimiyat organlari, obodonlashtirish boshqarmalarining shahar va 
tumanlardagi ixtisoslashtirilgan sanitariya tozalash tashkilotlari, “Toza 
hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari, shuningdek, 
chiqindilar bilan bog‘liq sohadagi qonun hujjatlariga rioya etish 
bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyati ustidan davlat 
nazoratini amalga oshirish;
• chiqindi yig‘ish punktlarini belgilangan tartibda tashkil etish, 
chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, ruxsat etilmagan joylarda chiqin-
dixonalar tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, poligonlarni boshqarish, 


11 
chiqindilarni utilizasiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizasiya 
qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish; 
• chiqindilar bilan bog‘liq ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, 
ularni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini 
yuritish; 
• jamoatchilik tomonidan ekologik nazoratni amalga oshirishda 
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va nodavlat- notijorat 
tashkilotlariga ko‘maklashish; 
• chiqindilar bilan bog‘liq sohada qonun hujjatlari talablariga rioya 
etmagan aybdor shaxslarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash 
orqali ularni ma’muriy javobgarlikka tortish. 
Ekologiya – hozirgi kunda ma’lum hudud yoki respublika 
miqyosidan chiqib, umumbashar muammosiga aylangan, biz buni 
quyidagi muammolarda ko‘rishimiz mumkin. 
Ikkinchi katta muammolardan biri – bu kislotali yomg‘irlarning 
yog‘ishi hisoblanadi, atmosferaga ozon, uglevod va oltingugurt 
dioksidlari va boshqa gazlar yuqori atmosferadan yog‘inlar natijasida 
yerga qaytib tushadi. Kislotali yomg‘irlar qaerda yog‘masin, o‘sha 
joydagi tuproqlarni zaharli moddalar bilan boyitib, tuproq tarkibida 
mikroorganizmlarning faoliyatini buzadi, mazkur tuproqdan unib 
chiqqan o‘simlik bu zaharli mahsulotlarning bir qismini o‘zi bilan olib 
chiqadi, shu tariqa inson organizmiga o‘tib, og‘ir kasalliklarni keltirib 
chiqaradi. Shuningdek, hayvonlar ham shu o‘simliklarni iste’mol -
qilgandan so‘ng, ularning mahsulotlari iste’molga yaroqsiz bo‘ladi yoki 
noekologik toza mahsulotlardan inson organizmiga o‘tadi. 
Uchinchi muammo – sanoati rivojlangan shaharlarda ko‘p uch-
raydi, atmosferaning ifloslanishidan insonlarda nafas olish yo‘llari 
hamda teri kasalliklarini keltirib chiqarmoqda, qaerda atmosferaga 
ozon, uglerod va oltingugurt dioksidi tushgan bo‘lsa, bunday yomg‘irli 
havoda insonning sog‘lig‘i yomonlashadi. Donli ekinlar, sabzavot-
larning hosili iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi, qishloq xo‘jaligi 
bu xildagi yomg‘irlardan katta zarar ko‘radi. Shuningdek, barcha 
turdagi metallar zanglaydi yoki korroziyaga uchraydi. 
To‘rtinchi muammo – “parnik effekti” deganda, karbonat angidrid 
saqlovchi qalin gazlar tutuni yuqoriga ko‘tarilib, yerni o‘rab oladi, 
quyosh nurlarining ochiq kosmosga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi, natijada 
yerda havo isib boradi va iqlim o‘zgarishiga olib keladi. Keyingi 
ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin kelajakda (50-60-yil) Arktika va Antarktida 


12 
muzlari erib, Tinch okeani va Atlantika okeani suvlari hajmi taxminan 
50 metr balandlikka ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda. Okean suvlarining 
ko‘tarilishi natijasida Yevropa, Afrika va Avstraliyaning bir qator 
qirg‘oqlarini suv bosish ehtimoli bor. 
Tabiatni eng ko‘p miqdorda ifloslaydigan vositalardan biri neftni 
qayta ishlash va radioktiv moddalarning chiqindilari hisoblanadi. 
Bularning ta’sirida o‘simliklar florasi va fauna to‘g‘ridan-to‘g‘ri nobud 
bo‘ladi. 
O‘zbekistonda eng katta ekologik fojia – Orol dengizi hajmining 
kichrayishi hisoblanadi. Orol dengizi hajmi 67,5 kv. km dan 17,6 kv. 
km ga kichraydi. Shuningdek, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” 
kitobidan ijtimoiy-gumanitar, texnik, iqtisodchi va boshqa soha yo‘nalish-
lari yoki keng yo‘nalishda darslik sifatida foydalanish mumkin.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin