O‘RTA MAXSUS (TEXHIKUM) PROFESSIONAL TA’LIMNING O‘QUV DASTURI
Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi:
5.51.02.02- Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari
Malaka darajasi:
5
Kvalifikaya nomi:
Elektrenergetik.
O‘quv dasturi nomi:
Elektr ta’minoti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2.08
Ajratilgan soat:
80
Toshkent – 2020 O‘quv dasturi Buxoro neft va gaz sanoati kolleji Ilmiy-pedagogik Kengashining 2020 yil 28 sentyabrdagi 1-son majlis bayoni bilan ma’qullangan va kollejning 2020 yil 29 sentyabrdagi 122-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
R.S. Afakova
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji maxsus fan o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
S.G‘.Siddiqova
R.B. Jalilov
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
40
Dasturning maqsadi
Elektr ta’minoti fani o‘quvchilarga elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash uchun kerak bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni berish. Elektr energiyasi iste’molchilarini turkumlash, xisobiy yuklamalarni aniqlash, elektr tarmoqlarida bo‘ladigan energiya iste’molchilarini xisobdash, elektr energiya uzatish tannarxini xisoblash, elektr energiyasini uzatish liniyalarining kesim yuzasini, himoya apparatlarini tanlashni, reaktiv quvvatni neytrallash, quvvat koeffitsientini oshirish usullarini, elektr tizimida qisqa tutashuv tokini hisoblashni, elektr ta’minoti tizimida rele himosi tizimini yaratish va telemexanizatsiyalash va dispetcherlik xizmatini tashkil etishda ko‘nikma hosil qilish.