10.Sport turizmining
asosiy maqsadi turistlarga o‘zlari tanlagan
sport turi bilan shug‘ullanishiga imkoniyat yaratib berishdan iborat.
Sport turizmi zaruriy baza mavjudligini talab etadi: turli
inventarlarni, maxsus trassalarni, yo‘llar, sport maydonchalarini,
asbob-uskunalar. Sport sayohatlariga qo‘yiladigan asosiy talablardan
biri bu dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi.
11.Shop-turlar
Rossiya va MDH davlatlari uchun xosdir. Xorijiy
mamlakatlarga tashrifning asosiy maqsadi xorijdan xalq iste’moli
tovarlarini xarid qilib, uni o‘zining mamlakatida yana qayta
sotishdan iborat. (poyabzal, trikotaj va boshqa tovarlarni Turkiya,
Italiya, Portugaliya, Suriyadan; yozgi to‘qilgan kiyimlarni
Indoneziyadan; po‘stinlar Gretsiya va Argentinadan; mebellarni
Polsha va Italiyadan; elektronika mahsulotrlarini BAAdan;
avtomashinalarni Germaniya, Shvetsiya, Finlandiya, Gallandiyadan
sotb olishadi).
12.Diniy turizm
(haj safari, ziyorati) hozirgi vaqtda juda yuqori
talabga ega bo‘lib, ommaviy tus olmoqda. Har yili yuzlab
vatandoshlarimiz Makka-yu Madinaga haj va umra safarlarini
amalga oshirmoqdalar.
Turizmda diniy maqsadlarning bir necha turlarini ajratib
ko‘rsatishi-miz mumkin:
1. Haj ziyorati (gunohlarni yuvish maqsadida, diniy e’tiqod
maqsadida ziyoratgoh joylariga tashrif buyurish).
2. Tanishuv tashrifi (diniy qadamjolar, haykallar; din tarixi, din
madaniyati bilan tanishuv).
3. Ilmiy tashriflar (diniy masalalar bilan shug‘ullanuvchi
tarixchilar va boshqa mutaxassislarning tashrifi).
13.Sog‘inish, qo‘msash turizmi
qarindoshlarinikiga, tug‘ilgan
joylariga va yaqinlarinikiga tashrif buyurish ehtiyojiga asoslangan va
xalqaro turistik almashuvda muhim o‘rinni egallaydi. Qo‘msash
turizmga yaqqol misol qilib, sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda
yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh-urug‘lari
respublikamizning turli shaharlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan
qrim-tatar, zakavkaz xalqlari, yaxudiylar, nemislar va boshqa
millatga mansub bo‘lgan aholini ko‘rsatishimiz mumkin.
14. Ekoturizm.
Hozirgi kunda ekologik turizmga har qachongidan
ham talab katta. Bu dunyoning barcha davlatlariga tegishli bo‘lib,
faol dam olishning bir turi hisoblanadi. Unga ko‘ra inson o‘z
sog‘ligini tiklabgina qolmay balki, bir qancha estetik hissiyotlar
oladi. Hozirgi kunda ekologik turizm eng rivojlangan dam olish turi
bo‘lib, bu sport turi ham hisoblanadi va u turizmning eng rivojlangan
sohasiga aylanmoqda. Ekoturizmning maqsadi hozirgi va kelajak
avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini
ta’minlash uchun tabiatdan turistik maqsadlarda oqilona
foydalanishdan iborat.
|