Geografiya darslarida o’qitish metodlarini tanlash o’ta muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Agar tegishli metod noto’g’ri tanlangan bo’lsa o’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi faoliyati samarasiz bo’lib qoladi. Shuning uchun o’qitish
metodlarini tanlash ma’lum bir tamoillar asosida olib borilmog’i lozim. Ular quyidagilardan iborat.
«Tanlangan metod» o’tiladigan mavzuning mazmuniga mos bo’lishi lozim. Bu metodni samaradorligini birinchi va muhim sharti xisoblanadi. Ko’p xollarda bir xil mazmundagi dars o’tish uchun yagona bitta metodni qo’llash ko’p xollarda samara bermaydi. Shuning uchun o’qituvchilarni va o’quvchilarni faoliyatiga mos keladigan metodlarni tanlash lozim. Bunda o’quvchilarni bilish imkoniyatlari, ular amalga oshiradigan faoliyatning murakkablik darajasi, vaqt omili va geografiya kabinetida zarur bilim manbalarining bor yo’qligi metod turini aniqlab beradi.
O’qitish metodini tanlaganda o’quvchilarni bilish qobiliyatlarini xisobga olish tamoyili, bunda quyidagilarga e’tibor beriladi:
o’quv mavzusining murakkabligiga; nazariy bilimlar hajmiga;
sinf o’quvchilari darajasiga;
o’quvchilarning mustaqil ishlarni bajara olish qobiliyatiga;
Geografiya bilimlarni xususiyatlarini xisobga olish tamoyili. Geografiya bilimlar bilishning xususiyatiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
-geografik voqea va xodisalarni tashqi kurinishi haqidagi bilimlar. Mazkur bilimlar o’quvchilarda o’rganilayotgan voqealar haqida tasavvurlarni shakillantiradi. Masalan, tog’lar o’rmonlar, cho’llar, ko’llar, daryolar, haritalar va x.k.;
-geografiya voqea va xodisalarni fazoda joylashishi haqidagi bilimlar tabiat zonalari, iqlim mintaqalari, davlatlar, shag’arlar ma’muriy birliklarini joylashuvi;
-geografiya voqea va xodisalarni xossalari haqidagi bilimlar. Bunday bilimlarga tuproqning xosildorligi, namgarchilik, bug’lanish, , intensiv va ekstensiv xo’jalik, tog’ jinslarining qattiqligi, suvning sho’rligi va harorati va x.k.
-geografik jarayonlar haqidagi bilimlar. Mazkur bilimlarga shamol, yog’inlar, suv erroziyasi, surilmalar, zil-zilalar, ishlab chiqarish jarayonlari, migratsiya, urbanizatsiya, vulkanlar va boshqa jarayonlar kiradi;
-geografik borliq va xodisalarning tarkibi haqida bilimlar. Masalan, tog’ jinslarining tarkibi, yog’inlarning tarkibi, yer resurslarniiing tarkibi, aholining milliy tarkibi va x.k.
-geografik borliq va xodisalarining tuzilishi haqidagi bilimlar. Mazkur bilimlarga yerning qobig’i, yerning tuzilishi, atmosferaning tuzulishi, yerning ichki tuzilishi, qishloq xo’jaligining tuzilish, tuproqning tuzilishi, xalq xo’jaligining tuzilishi, xalq xo’jaligining tuzilishi va x.k.
-geografik voqea va xodisalar orasidagi aloqalar haqidagi bilimlar, masalan, sabab va oqibatlar, davriy, fazoviy, funktsional aloqalar.
Mazkur bilimlarning har biri alohida o’qitish usullarini qo’llashni taqazo
etadi.
Qo’llaniladigan metodlar quyidagi talabalarga javob berishi lozim:
metod tarbiyaviy bo’lishi lozim, ya’ni o’quvchilarning rivojlanishga, qiziqishlariga ta’sir ko’rsatishi lozim;
tanlangan metod ilmiy bo’lishi lozim, metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo’lsa, shunchalik ravshan va aniq bo’ladi:
v) metod ommabop bo’lishi lozim;
g) metod samarali bo’lmog’g’i zarur, ya’ni o’quv materiallarini mustahkamlash egallashga yo’naltirilgan bo’lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |