O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti “menejment” kafedrasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə31/139
tarix05.06.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#125520
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   139
BIZNESNI REJALASHTIRSH (O QUV-USLUBIY MAJMUA)

Huquqiy va iqtisodiy







Iqtisodiy













cheklovlar







kon’yunktura







Tanlov




























omillari







Bilim, tajriba,

Maqsadga muvofiq













Faoliyat

bo’lgan hamkorlik va




aql va tadbirkorlik




sohasi

kooperatsiya




qobiliyati

















































Biznes_maqsadi_____Bozor_vaziyati_tahlili'>Biznes maqsadi




Bozor vaziyati tahlili

























7.1 – chizma. Tadbirkorlik faoliyati sohasini aniqlashning asosiy omillari.

Bundan tashqari, iqtisodiy vaziyatlar vaqt bo’yicha emas balki makon bo’yicha ham ya’ni, hudud va tumanlar bo’yicha farqlanadi. Tadbirkorlik faoliyati tanlovi biznesning quyidagi shakllari asosida amalga oshiriladi (7.2-chizma).





Biznes

Asosiy

Tashkiliy




turi

funktsiyalari

shakllari




Ishlab chiqarish

Tovarlarni ishlab chiqarish,

Korxonalar,




ish bajarish, xizmat ko’rsatish

firmalar, kompaniyalar










Tijorat

Tovarlar oldi-sotdisi,

Sotuv tashkilotlari,




xizmat ko’rsatish

tovar birjalari










Moliyaviy

Qimmatbaho qoozlar

Banklar, fond birjalari,




oldi-sotdisi, investitsiyalash

moliyaviy kompaniyalar










Vositachilik

Xizmatlar ko’rsatish

Tijorat tashkilotlari




Sug’urta

Sug’urtalash

Sug’urta kompaniyalari






7.2 – chizma. Biznesning asosiy shakllarini qisqacha tavsifi.

Biznesda yutuqga erishish uchun o’z faoliyatiga muvofiq keluvchi, imkoniyatlarini ishga soluvchi bozorni hususan, raqobatchilar tomonidan yetarli foydalanilmagan yoki e’tibor qaratilmagan, butun faoliyatining quyilish nuqtasi hisoblangan “Bozor uyasi” ni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu “uya” tanlangan iste’molchilarga qaratiladi. “Bozor uya” si – bu, mavjud va tan olingan


talablar va jamiyatning to’liq tan olinmagan muammolarini hal etish va qondirishning noan’anaviy usullari bilan o’zaro muvofiqlashtirishdir.


Korxona joylashgan hududning geografik va iqtisodiy, tarixiy ma’lumotlaridan tashqari ustav kapitalining miqdori, kapitalning ta’sischilar orasida taqsimlanishi bilan birgalikda quyidagilarni ham havola etish maqsadga muvofiq hisoblanadi:





  1. Soliq to’lovchining identifikatsion raqami;

  2. Korxonaning to’liq nomi;

  3. Korxona ro’yhatga olingan sana va guvohnoma raqami;

  4. Korxonaning manzili, telefon raqami va faks;

  5. Korxona bo’ysinuvchi tashkilot;

  6. Korxonaning asosiy faoliyat turi;

  7. Korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;

  8. Korxonaning mulkchilik shakli;

  9. O’zbekiston Respublikasining yagona Davlat reg’estriga kiritilganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;

10. Bank rekvizitlari;


11. Korxonani nazorat qiladigan soliq ins’ektsiyasining manzili;
12. Korxonaning tashkiliy strukturasi;

13. Korxona rahbarlarining familiyasi va ismi, telefon raqamlari;


14. Korxona faoliyati natijalariga ma’sul menejerlar tavsifi.
Zaruriy ma’lumotlar quyidagi tartibda jamlanadi:

  1. 1, 2, 4, 6, 7, 8-punktlar korxonaning ta’sis hujjatlari asosida to’ldiriladi.

  2. 3-punkt korxonani ro’yhatdan o’tkazgan mahalliy Davlat organlari tomonidan berilgan guvohnoma asosida to’ldiriladi.




  1. 9-punkt Moliya Vazirligi tomonidan yagona Davlat reg’estriga kiritilganligi haqidagi ma’lumotnoma asosida to’ldiriladi.




  1. 10-punktda korxonaning bankdagi hisob raqami hamda korxonaga xizmat ko’rsatuvchi bank manzili keltiriladi.




  1. 12-punkt chizma ko’rinishida havola etiladi.

  2. 13-punktda korxonaning barcha rahbarlari to’g’risida to’liq ma’lumotnoma havola etiladi.

Bunda quyidagilarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:



  • familiya va ismi;

  • telefon raqami va faksi;

  • yoshi;

  • ma’lumoti va tajribasi (bazaviy ma’lumot haqida dip’lom havola etgan oliygoh nomi ko’rsatilishi shart);




  • avvalgi ish joylaridagi lavozimi hamda ishlagan davri;

  • mazkur korxonada ishlash davri.

Shuningdek, ta’sischilar tarkibidagi eng yirik ulushni qo’shgan shaxslarni yoki aktsionerlarni ko’rsatilishi ham talab etiladi. Korxona to’g’risidagi ma’lumotlarning aniq bo’lishi qiziquvchilarning yoki investorlarning ishonchini va uning bozordagi barqaror o’rni haqidagi fikrlarni mustahkamligini ta’minlashi lozim.




7.2. Korxona ishlab chiqaradigan mahsulot tavsifi

Biznes rejaning muhim qismlaridan biri korxona ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan tovar va xizmatlar tavsiflanadigan bo’limdir. Biznesning asosini tashkil etadigan yoki firma tarixida yangi saxifa ochadigan tovar va xizmatlarni qanday tanlash kerak? Mustahkam xo’jalik aloqalariga ega bo’lmagan iqtisodiyot sharoitida mahalliy hom ashyo materiallarga asoslangan mahsulot va tovarlarni tanlagan tadbirkor muvaffaqiyat qozonadi. Lekin ushbu xo’jalik strategiyasi universal hisoblanmaydi. Ayniqsa jahon bozorlarida raqobatlashishni maqsad qilib mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar uchun foydali hisoblanmaydi.


Nisbatan chuqurroq yondashuv – qat’iy, barqaror raqobatbardoshlikni ta’minlash hisoblanadi. Lekin amalda bu nimani ifodalaydi? Raqobatbardoshlik nima bilan belgilanadi va qanday omillarga bog’liq bo’ladi? Gardvard universiteti professori Maykl Porter asarlarida rivojlantirilgan raqobatbardoshlikning zamonaviy nazariyasi raqobatda ustunlikning 2 turini ajratadi:



  • nisbatan past xarajatlar




  • ixtisoslashuv.

Nisbatan past xarajjatlar deganda ishlab chiqarishga xarajatlarning raqobatchilarga nisbatan minimal miqdori emas, balki firmaning raqobatchilarga nisbatan samaraliroq tarzda tovar ishlab chiqarish va sotishga erishiladigan qobiliyati tushuniladi. Ya’ni raqobatda ustunlikka erishish uchun tovar bilan bog’liq barcha o’eratsiyalar (konstruktorlik loyihalashdan iste’molchiga sotishgacha) tsiklini qisqa muddatlarda kam xarajatlar bilan tashkil etish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Xaqiqatda ham, agar siz yuqori talabni keltirib chiqaruvchi yangilikni o’ylab to’gan bo’lsangiz,lekin ishlab chiqarishni talab darajasida tashkil etmasangiz xarajatlar va natijada narh ham yuqori bo’ladi va xaridorlar sizdan voz kechadilar. Agar siz yangi mahsulotingizni yuqori darajada yaratib uni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan bo’lsangiz, lekin tovaringizni sotadigan sotuvchilarni to’la olmasangiz ham sizni muvafaqiyatsizlik kutadi.


Bunday holatda o’quvsiz savdogarlar o’zlarining yuqori xarajatlarini qo’lash maqsadida yuqori savdo chegirmasini talab qiladilar yoki tovar narxini oshib ketishiga olib keladigan ustamalarni belgilaydilar. Bu esa mahsulotning konstruktsiyasini takomillashtirish va ishlab chiqarish texnologiyasi samaradorligini oshirish xisobiga erishilgan iqtisodning yo’qotilishiga olib keladi.


Raqobat ustunligining yana bir turi ixtisoslashuv hisoblanadi. Bunda ixtisoslashuv deganda ma’lum bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish emas, balki xaridorlarning alohida extiyoj va talablarini qondirish va buning hisobiga mukofotli narh belgilash qobiliyati tushuniladi. Boshqacha aytganda, raqobatda ustunlikka erishish uchun, xaridorlarga yuqori sifatli bilan ajralib turuvchi yoki xaridorlarni qiziqtiradigan xususisiyatlarga ega bo’lgan tovarlar taklif etish orqali raqobatchilar orasida ajrab turish san’atini egallashingiz zarur.


Bunda siz raqobatbardoshlik strategiyasini ishlab chiqishda raqobatda ustunlikning faqat bir turiga tayanishingiz mumkin. Har 2 ustunlikdan bir vaqtda foydalanish sizni muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin. Raqobatbardoshlikni


ta’minlash strategiyasini tanlashdan avval tovarlar nomenklaturasi kengligini ifodalovchi “raqobat dia’azoni” tushunchasini kiritish talab etiladi. Shundan so’nggina raqobatbardoshlik strategiyasining barcha asosiy turlarini yagona strategiyaga birlashtirishga xizmat qiluvchi jadvalni tuzish mumkin bo’ladi.





Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin