Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Iqtisodiyotning real sektorida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish
maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
sanoat korxonalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy
qilish dasturlarini ushbu korxonalarni texnologik qayta jihozlash dasturlari
bilan uyg‘unlashtirish;
korxona ta’minotining barcha bosqichlarini avtomatlashtirish va
boshqarishni ta’minlash, shuningdek, bu orqali logistika va xarid
xarajatlarini qisqartirish;
zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish
hisobiga mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ularning tannarxini,
ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlarni kamaytirish, moliyaviy-iqtisodiy
faoliyatning shaffofligini oshirish;
innovatsion avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va dasturiy
mahsulotlarni
joriy
etish
bo‘yicha
normativ-huquqiy
bazani
takomillashtirish;
ishchi joylarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish hamda ishlab
chiqarish jarayonlarini robotlashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt
texnologiyalarini joriy etish;
savdo hajmini oshirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash
maqsadida
buyurtmachilar
(mijozlar)
bilan
o‘zaro
munosabat
mexanizmlarini takomillashtirish;
boshqaruv ma’lumotlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimini,
jumladan, real vaqt rejimida biznes-tahlil tizimini joriy qilish orqali
takomillashtirish;
2025-yilda korxona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy
qilgan yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ulushini 90 foizga
yetkazish;
sanoat korxonalarida joriy etilayotgan ishlab chiqarish va boshqaruv
jarayonlarini avtomatlashtirish (ERP, MES, SCADA va boshqalar),
robotlashtirish,
“Buyumlar
interneti”,
“sun’iy
intellekt”
kabi
texnologiyalarning dasturiy mahsulot qismini 2027-yilga kelib, apparat
qismini
esa
2030-yilga
kelib
davlat-xususiy
sheriklik
asosida
mahalliylashtirish;
kommunal xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni boshqarish uchun
smart texnologiyalarni joriy qilish, intellektual servislarni joriy qilish va
357
kommunal xizmatlarni tartibga solish uchun “aqlli uy” tajribasini joriy
etish;
2022-yilda respublikaning barcha yirik shaharlarida jamoat
transportlarida yo‘l haqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
va naqd pulsiz to‘lovlar ulushini 90 foizga yetkazish;
har qanday yo‘lovchi transportida chipta sotib olish uchun yagona
platformani yaratish;
korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni
Internet jahon axborot tarmog‘i orqali sotish bozorlarini kengaytirish;
transport
tizimini
kompleks
rivojlantirish
uchun
dasturiy
modellashtirish tizimlaridan foydalanish mexanizmlarini amalga oshirish;
sug‘urta tizimini raqamlashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik
asosida raqamli sug‘urtani amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish
va joriy etish;
logistika tizimini takomillashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy
etish maqsadida raqamli logistika tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;
iqtisodiyotning
real
sektorlarida
robotlashtirilgan
sanoatni
rivojlantirish va amalga oshirish;
yirik sanoat korxonalari uchun robototexnika va muhandislik
ixtisosliklarini tashkil etish;
ishlab chiqarish korxonalarida addiktiv (qavatma-qavat qurish va
sintez
qilish
texnologiyasi,
3D
o‘lchamda
bosib
chiqarish)
texnologiyalarini keng joriy etish.
Elektron tijorat va elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirish maqsadida
quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan mijozlarni
masofadan aniqlash tizimlarini joriy etish orqali masofaviy bank
xizmatlarini rivojlantirish;
xalqaro elektron tijorat standartlari va zamonaviy axborot xavfsizligi
talablariga rioya qilish uchun elektron tijoratni rivojlantirishning huquqiy
asoslarini, shuningdek, mavjud standartlar va elektron tijorat qoidalarini
takomillashtirish va yangilash;
raqamli infratuzilmani rivojlantirish, mobil va simli Internet jahon
axborot tarmog‘i qamrovi va tezligini yanada oshirish orqali elektron
tijorat platformalariga shaxsiy raqamli uskunalardan ulanish imkoniyatlari
va ko‘lamlarini oshirish;
358
elektron tijorat va elektron to‘lovlar tizimini yanada rivojlantirish,
shuningdek, elektron hukumat xizmatlarini taqdim etishda to‘lovlarni
qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda,
iqtisodiyot va moliya sohasida axborot infratuzilmasini takomillashtirish;
elektron tijoratning rivojida muhim rol o‘ynovchi pochta va logistika
infratuzilmasini modernizatsiyalash va texnik yangilashni ta’minlash,
logistika markazlarini (fulfilment) yaratish bo‘yicha yirik loyihalarni
amalga oshirish, axborot texnologiyalarini va pochta aloqasi obyektlarida
avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etish, shuningdek, pochta va logistika
xizmatlari sifatini oshirish;
jismoniy shaxslarga Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tovarlar
va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish jarayonini
osonlashtirishga imkon beradigan to‘lovlar agregatorlarini rivojlantirish;
transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish va mahalliy ishlab
chiqaruvchilarning mahsulotlarini qulay va o‘z vaqtida eksport qilishni
ta’minlash;
bitta savdo maydonchasida keng ko‘lamli bank va bankdan tashqari
moliyaviy xizmatlarni (qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, sug‘urta va
boshqalar) taqdim etishga yo‘naltirilgan moliyaviy supermarketlarning
biznes modelini yaratish;
tijorat banklari tomonidan mijozlarga masofaviy bank xizmatlari
(internet-banking, bank-mijoz, sms-banking va boshqalar), shu jumladan,
mobil ilovalar orqali xizmat ko‘rsatish ko‘lamini va sifatini oshirish;
elektron tijorat sohasida malakali kadrlar tayyorlash o‘quv
jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, mutaxassislarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan chet eldagi yetakchi ilmiy-
tadqiqot
muassasalarida,
shuningdek,
yuqori
malakali
xorijiy
mutaxassislarni jalb yetish;
elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi subyektlarning tovar va
xizmatlar uchun to‘lovlarini QR to‘lovlari texnologiyasi va NFC
texnologiyalarini joriy qilish, jumladan mobil qurilmalar orqali to‘lovlarni
qabul qilish orqali zamonaviy va qulay bo‘lgan masofaviy usullarda qabul
qilish imkoniyatini yaratish;
davlat sektori, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xususiy sektor
o‘rtasidagi yaqin hamkorlikda elektron tijorat va raqamli to‘lov
platformalarini rivojlantirish va kengroq foydalanishga ko‘maklashish.
|