351
o‘rnatish, loyihalash va qurish uchun ruxsatnoma olmasdan, belgilangan
tartibda rasmiylashtirish huquqi berildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda har yili 1-
dekabrga qadar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlarida ilmiy-
tadqiqot va innovatsion loyihalarning maqsadli dasturlarini Fan va
texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashiga tasdiqlash uchun kiritib
boradi hamda ushbu sohada alohida e’tiborni quyidagilarga qaratadi:
axborot texnologiyalari sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha
fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish;
iqtisodiyot tarmoqlarida virtual va to‘ldirilgan reallik, sun’iy
intellekt, kriptografiya, mashinali o‘qish, katta ma’lumotlarni tahlil qilish
va “bulutli” hisoblash texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini
o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish;
istiqbolli innovatsion ishlanmalar va startap-loyihalarini amalga
oshirish hamda ularni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini qo‘llab-
quvvatlash.
Belgilab qo‘yilsinki, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan
mablag‘lar doirasida, shuningdek, Innovatsion rivojlanish va novatorlik
g‘oyalarini
qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi
hamda
Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: