Raqamli iqtisodiyot
– bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni
raqamli texnologiyalarni qoʻllash asosida amalga oshirish tizimidir.
Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan
terminlar bilan ham ifodalanadi.
1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “raqamli
iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritdi.
Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim boʻlgan
qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar,
platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy
etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirish deganidir.
Raqamli iqtisodiyot belgilari:
1.
Yuqori darajada avtomatlashtirilganlik
2.
Elektron hujjat almashinuvi
3.
Buxgalterlik
va
boshqaruv
tizimlarining
elektron
integratsiyalashuvi
4.
Ma’lumotlar elektron bazalari
5.
CRM (Mijozlar bilan oʻzaro munosabat tizimi mavjudligi)
6.
Korporativ tarmoqlar
Raqamli iqtisodiyot
– bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish,
taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-
kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni koʻzda tutadigan
insonning xoʻjalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir. Raqamli iqtisodiyot
atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi
hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor oʻrni bilan
tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu oʻziga hos nazariya
boʻlib, uning oʻrganish ob’yekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi.
Axborotlashgan jamiyatni rivojlanish bosqichlari
Sivilizatsiyani rivojlanish tarixida bir nechta axborot inqiloblari roʻy
bergan. Bunda axborotlarni qayta ishlash sohasidagi tub burilishlar
oqibatida jamiyatdagi munosabatlari ham oʻzgargan..
1.Yozuvni ixtiro qilinishi. Bilimlarni avloddan avlodga oʻtkazish
imkoniyati paydo boʻlgan.
13
2. Kitob bosmasini ixtirosi (XVI a. oʻrtalari) sanoatlashgan jamiyatni
, madaniyatni va faoliyatni tashkil qilishni mutlaqo oʻzgartirib yuborgan.
3. Elektr-energetika ixtirosi (XIX a. oxiri), tufayli istalgan hajmdagi
ma’lumotni toʻplash, tezkor uzatish imkonini beruvchi telegraf, telefon, va
radio paydo boʻldi.
4. Mikroprotsessorli texnologiyalar ixtirosi va shaxsiy kompyuterlar
paydo boʻlishi (XX a.70-yy.). Mikroprotsessorlar va integral sxemalar
asosida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlarni uzatish
tizimlari (axborot kommunikatsiyalari) yaratiladi.
Toʻrtinchi axborot inqilobi yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun
texnologiyalar, texnik vositalar va uslublarni ishlab chiqish bilan
chambarchas bogʻliq boʻlgan hamda axborotlashgan jamiyat qurilishiga
olib keluvchi axborot sanoatini birinchi darajali tarmoqqa aylantirdi.
Axborotlashgan jamiyat – ishlovchilarning katta qismi axborotlarni,
ayniqsa axborotning eng yuqori shakli bilimlarni ishlab chiqish, saqlash,
qayta ishlash, sotish va almashish bilan band boʻladigan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyat – shunday jamiyatki, bunda ishlovchilarning
aksariyat katta qismi axborotlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash,
sotish va almashish bilan band boʻladilar.
Bunda axborot eng muhim vositaga aylanadi.
Axborotlashgan jamiyat me’zonlari:
1.Kompyuterlar mavjudligi.
2.Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish darajasi.
3.Axborot sohasida band boʻlgan aholi soni.
4.Kundalik hayotda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Texnik vositalar va axborot resurslarini rivojlanish bosqichlari:
1.Mexanikagacha boʻlgan davr (chigʻanoqlardan marjonlar, taxtadagi
oʻyilmalar, arqondagi tugunchalar bogʻlami, barmoq va toshlardagi
hisoblar, abak, suan-pan, schetlar, logarifmik lineyka).
2. Mexanika davri
*1646y. qoʻshish va ayirishni amalga oshiruvchi «Paskalina»,
*1671y. Leybnis mashinasi koʻpaytirish va boʻlish amallarini bajara
olgan
*1847y. Odner arifmometridan elektron kalkulyatorlar paydo
boʻlguncha foydalanilgan.
14
*1802y. Jakkard ma’lumot kiritishni boshqarish mumkin boʻlgan
mashina yaratgan.
3. Elektron-hisoblar davri (Elektron hisoblash mashinalari va ularning
analoglari)
EHAlarida matematik kattaliklar qandaydir fizik kattaliklarning
uzluksiz mohiyati sifatida namoyon boʻladi. EHAlar asosan chiziqli va
differensial tenglamalarni yechish uchun qoʻllanilgan.
EHMlarda esa sonlar raqamlar ketma-ketligi sifatida namoyon
boʻladi.
Dostları ilə paylaş: |