Molibdenli mikroo‘g‘itlar bir necha usulda qo‘llanilishi mumkin (4-jadval). O‘rug‘larni ekish oldidan molibdenli mikroo‘g‘itlar bilan ishlash, o‘g‘it qo‘llashning samarali usuli hisoblanadi. Buning uchun 1 s yirik urug‘lar uchun 25-50 g, bedaning mayda urug‘lariga 500-800 g ammoniy molibdat olinadi, 2-3 l suvda eritilib, aralashtiriladi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda 1 ga maydondagi nihollarga 200-600 g ammoniy molibdat ishlatiladi. 50 kg molibdenli superfosfat bilan tuproqqa 50-100 g molibden kelib tushadi. Donli ekinlarga ekish bilan birga gektariga 50 kg molibdenli qo‘sh superfosfat beriladi.
4-jadval Molibden o’g’itlarini qo’llash usullari va meyorlari (B.A.Yagodin)
O’g’it
Ekin turi
O’g’it do’zasi
Qo’llash usuli
Molibdenli qo’sh superfosfat
Donli ekinlar
Ekish bilan birga 50 kg ga
Tuproqqa kiritiladi
Ammoniy molibdat
No’xat, vika, so’ya va boshqa yirik urug’lar
20-30 g o’g’it suvda eritiladi va 100 kg urug’ namlanadi
Urug’lar ekish oldidan ishlanadi
Ammoniy molibdat
Beda va sebarga
500-800 g o’g’it 3l suvda eritiladi va 100 kg urug’ namlanadi
Urug’lar ekish oldidan ishlanadi
Ammoniy molibdat
No’xat, xashaki dukkaklar, beda, sabzavotlar
200 g o’g’it 100 l suvda eritilib, aviatsiya yordamida sepiladi
Shonalash, gullash davrida ildizdan tashqari oziqlantirish
Ammoniy molibdat
Ko’p yillik madaniy o’tloqlar
200 g o’g’it 100 l suvda eritilib, aviatsiya yordamida sepiladi