- 110 -
– "paxtakor", ya'ni paxta ekish va uni yig'ib-terib oluvchi shaxsning kasbini
ko'rsatadi. "Paxtakor" so'ziga yana beshta qo'shimcha va suffikslar qo'shish
mumkin: paxta-kor-lar-i-miz-da-gi. Bunda -lar – ko'plik shaklini ko'rsatuvchi
qo'shimcha, -i – egalik shaklini ifodalovchi qo'shimcha, -miz –
shaxs-son
qo'shimchasi, -da – o'rin-payt va –gi – chiqish kelishiklari qo'shimchalari
hisoblanadi.
"Paxtakor" so'zidagidek -kor suffiksi yordamida yasalgan bunyod-kop,
lavlagikor kabi shaxsning kasbini ifodalovchi so'zlar mavjud.
Binobarin, -kor suffiksi yordamida yasalgan so'zlar guruhi va ularni har
biridagi umumiy ma'no grammatik ma'no hisoblanadi. So'zlarning grammatik
ma'nosini ifodalay oluvchi maxsus til vositalari qatoriga otlarda qo'llanuvchi
kelishik, son, egalik, shaxs, son, mayl kabilarni ifodalovchi qo'shimchalar kiradi.
Grammatik ma'no o'z mazmuniga ega bo'lib, bir guruhdagi barcha
so'zlarning biror belgisini ko'rsatadi va binobarin, umumiylik xususiyatiga ega.
Grammatik ma'no leksik ma'noga qaraganda ancha mavhumroq ekanligi
uning biror guruhdagi so'zlarning umumiy belgisini ifodalashi bilan izohlanadi.
Grammatik ma'noni grammatik vositalarsiz aniqlab bo'lmaydi. Masalan,
maktabni, maktabga, maktabda kabi so'z shakllarini qiyoslaganda, ulardagi ke-
lishik qo'shimchalari
yoki bordi, boradi, bormoqchi kabi fe'l shakllarini
qiyoslasak, ulardagi zamonga tegishli qo'shimchalar grammatik ma'noni ifoda-
lovchi vositalar hisoblanadi.
Bir so'zning turli shakllari o'z grammatik ma'nosiga ega. Odatda bir so'z
doirasidagi
turli shakllar, masalan, kitobda, kitobga, kitobni kabilar, shu
Dostları ilə paylaş: