Seminar mashgʼulotlari bo’yicha koʼrsatma va tavsiyalar Seminar mashgʼulotlari multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-oʼqituvchi tomonidan oʼtkazilishi zarur. Seminar mashgʼulotlarida bakalavrlar ilmiy ijodiy faoliyat bilan shugʼullanib fan sohasidagi yangiliklar bilan seminar mashgʼulotlarini mazmunini boyitadilar.
Seminar mashg‘ulotlari talabalarning muayyan nazariy kursni qanchalik oʻzlashtirganliklarini aniqlash usuli, mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv amaliyotining muhim turlaridan biri hisoblanadi. Seminar mashg‘ulotlarda talabalar ilmiy ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, fan sohasidagi yangiliklar bilan seminar mashg‘ulotlarini mazmunini boyitadilar. Seminar mashg‘ulotlarning tashkil etish uchun ko‘rsatmalar:
Tasdiqlangan seminar mavzulari o‘quv yili boshlangandan keyin 10 kun ichida talabalarga taqdim etiladi.
Talaba tomonidan tayyorlangan seminar ishlari mashg‘ulot jarayonida qabul qilinadi va belgilangan tartibda baholanadi.
Seminar mashgʼulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: (40 soat) 1- Maktabgacha ta’limda tarbiya berish usullari va vositalari.
2- Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish mazmuni.
3- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning o’ziga xosligi
4- Axloqiy tarbiya berish vazifalari, vositalari.
5- Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berish mazmuni.Estetik tarbiya berish vazifalari , metodlari , vositalari .
6- Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat tarbiyasi.
7- Yosh avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasining vazifalari. Maktabgacha yoshdagi bolalarin kattalar mehnati bilan tanishtirish.
8- Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining huquqiy tarbiya haqidagi qarashlaridan bolalarga huquqiy tarbiya berishda foydalanish.