130
sardori),
guruh yulduzlari, guruh a’zolarining guruhdagi mavqei,
guruhning
yakkalanib qolgan a’zosini aniqlash imkonini beradi.
Sotsiometriya metodikasi quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Guruhdagi jipslik yoki tarqoqlikni aniqlash;
Guruh a’zolari orasidagi simpatiya va antipatiyani aniqlash;
Guruhdagi norasmiy liderlar va yakkalanib qolganlarni aniqlash.
Guruh a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi mavqeini (statuslari)ni
aniqlash.
T.Liri metodikasi.
Ushbu metodika shaxsning
atrofdagilarga munosabat
turlarini aniqlashga mo`ljallangan. Mazkur metodika 1954 yili T.Liri, G.Leforj,
R.Sazeklar tomonidan shaxslararo munosabatlarni o‘rganish uchun ishlab
chiqilgan.
T.Liri metodikasi shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi uchun qulay
bo‘lib, ushbu metodika orqali sinaluvchining shaxslararo
munosabatlardagi
pozitsiyadan o‘zini o‘zi baholashi, o‘zidan
qoniqmaslik, shaxslararo
munosabatdagi kutilmalarni yoritish uchun qo‘llaniladi.
Metodika bir necha modifikatsiyaga ega.
Liri metodikasining ruscha
modifikatsiyasini Y.A.Reshetnya va G.S.Vasilchenko ishlab chiqqan. Mazkur
metodikaning o‘zbekcha modifikatsiyasini psixolog olimlar E.G‘.G‘oziev va
R.Y.Toshimovlar yaratgan.
K.N.Tomas shaxs so`rovnomasi.
Ushbu metodika
turli nizoli vaziyatlarda
shaxsning o`zini qanday tutishini aniqlashga mo`ljallangan. Metodika
yordamida quidagi xulq- atvor shakllari aiqlanadi:
1. Hamkorlik.
2.Raqobatga moyillik.
3.Murosaga tayyotlik.
4.Nizolardan qochish.
5.Keskinlashtirishga intilish.