4-Mashq Platformalarni tarmoq tizimidagi hususiyatlariga ta‟rif bering.
5-Mashq Kompyuter tizimining komponentalari, texnik hususiyatlari va
ularning funksiyalarini yozma bayon eting.
a)
Xotira
b)Tashqi xotira
d) Protsessor
Nazorat savollari 1.
Kompyuterning asosiy qurilmalari qanaqa?
2.
Kompyuterda mavjud bo„lgan xotira turlari?
3.
Kompyuterning texnik imkoniyati deganda nimalarni tushunasiz?
4.
Kompyuterning tashqi qurilmalarining vazifalari nimalardan iborat?
5.
Printerning qanday turlari mavjud?
6.
Plotter qurilmasining vazifasi nimadan iborat?
7.
Kompyuterlar qanday sinflarga bo„linadi?
2-AMALIY MASHG„ULOT. Mavzu: Ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlash texnalogiyalari MySQL, Oracle dasturlari. SQL so„rovlarni MySQLda qo„llash Reja: 1.
Nazariy qism bilan tanishish.
2.
Microsoft Access dasturining asosiy imkoniyatlarini o„rganish.
3.
MS Acceess ni yuklash va asosiy oyna bilan tanishish.
4.
MS Acceessda ma‟lumotlar bazasini yaratish va saqlash.
Nazariy qism Microsoft Office Access dasturining asosiy vazifasi axborotni
bosgqarishdir. Axborotlar jadval deb ataluvchi alohida ro„yhatlarda
saqlanadi. Bitta jadvalda saqlanayotgan axborot boshqa jadvallardagi
11
axborotga aloqador bo„lishi mumkin. Bu axborot guruhlari bir butun deb
qaralganda ma‟lumotlar bazasiga aylanadi.
Ma‟lumotlar bazasi obyektlari Ma‟lumotlar bazasining jadval, forma, hisobot kabi obyektlarni
yaratishdan avval bir qator masalalarni hal qilish kerak. Masalan struktura
dizaynini yaratishga e‟tibor berish kerak. Yaratilgan dizayn qanchalik
yaxshi bo„lsa, sizning ilovangiz shunchalik yaxshi chiqadi. Bu esa
ma‟lumotlar bazasi tizimini to„ldirishda qulayliklar yaratadi. Ma‟lumotlar
bazasini yaratishdan oldin asosiy konsepsiyalarini tushunib olish zarur.
Ma‟lumotlar bazasiga kirishda yuqoru sathli 6 ta obyektdan foydalaniladi.
Ular Access da ishlatiladigan ma‟lumotlar va asboblardan tashkil topgan:
Table – haqiqiy ma‟lumotlardan iborat;
Query - izlash, saralash va aniq ma‟lumotlar olish uchun ishlatiladi;
Form- ma‟lumotlarni kerakli formatda kiritish va aks ettirish
imkonini beradi;
Report- ma‟lumotlarni berilgan fomatda aks ettiradi va chop etadi;
Macros- dastur tuzmasdan masalalarni avtomatlashtiradi;
Module- Visual Basic dasturlash tili operatorlaridan tashkil topgan.
2.1-rasm. MS ACCESS dasturining asosiy obyektlari
1-mashq .
MS Access interfeysining asosiy obyektlarini o„rganish.
MS Access ilovasi yuklanganda ekranda asosiy oyna paydo bo„ladi.
Ma‟lumotlar bazasi uchun kerakli shablon tanlanadi va unga nom beriladi.
Ilova oynasi quyidagi ko„rinishga keladi:
12
2.2-rasm. MS Access interfeysi
Access
dasturidagi
asosiy
o„zgarishlardan biri menyu olib
tashlanganligidir. Menyu bo„limlari o„rniga lentadagi harakatlarni tanlash
uchun Access bo„limlarni boshqarishni intuitiv tizimini taklif qiladi. Har
bir bo„lim o„ziga biriktirilgan buyruqlar guruhidan tashkil topgan.
Buyruqlar lentada qayd qilingan. “Главная” lentasi bo„limlarini ko„rib
chiqamiz. Bo„lim nomining pastki qismida Microsoft "лентa" deb
ataydigan buyruqlar ro„yhati joylashgan:
2.3-rasm. Asosiy lenta
13
Asosiy lenta turi ikkita: umumiy foydalaniladigan (yoki buyruqlar) va
kontekst. Umumiy lentalar va mos bo„limlar ma‟lumotlar bazasi fayli bilan
ishlash jarayonida ko„rinib turadi:
Asboblarga murojaatni tez amalga oshirish panelida asosan uchta
tugma bo„ladi. Lekin tahrirlash orqali ko„p ishlatiladigan tugmalarni ham
panelga joylashtirish mumkin. Tez murojaat paneli oldidagi ostki menyu
bo„limlari yordamida asboblar panelinini sozlash, ya‟ni unga ko„p
ishlatiladigan buyruqlar qo„shish imkoni mavjud.
2.4-rasm. Asosiy menyu
Ekranning pastki qismidagi holatlar satrida turli axborotlar aks etadi.
Chap tomonda siz ishlatayotgan ko„rinish turini aks ettiruvchi indikator,
o„ngda dizaynni o„zgartiruvchi tez murojaat tugmalari joylashgan.
2.5-rasm. Holatlar satri
Accessda kontekst bo„limlar ham qo„shilgan. “Поля” va “таблицы”
deb belgilangan bo„limlar jadvalning asosiy asboblari hisoblanadi va ular
таблица rejimida jadval tanlangandagina paydo bo„ladi. Bu bo„limlar joriy
oynada ishlatiluvchi yanada aniq buyruqlardan tashkil topishi mumkin va
ular jadval faol bo„lgandagina ko„rinadi.
Ko„pgina buyruqlar ishlatish uchun tanlanganda quyidagi ko„rinishdagi
izoh paydo bo„ladi: