129
siljish toki(ток утечки) 2,5 yildan so‘ng o‘rtacha hisobda 36 % ga, 3,5
yildan so‘ng esa 43 % ga ortadi.
Yuqori garmonikali toklar elektr o‘lchov asboblarining o‘lchov
aniqliklariga ham ta’sir etadi. Aktiv va induktiv energiyalarni o‘lchovchi
induksion schetchiklar sinusoidal bo‘lmagan kuchlanishda 10 % gacha
borib yetadigan noaniqlik bilan o‘lchov ishlarini olib boradi.
Yuqori garmonikalarning borligi ba’zi bir holatlarda kuch kabellarini
ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha qo‘llashlikni amalga oshira olmaydi.
Yuqori garmonikalar telemexanikali qurilmalar ishini yomonlashtirib,
xatto kuch zanjirlarini qo‘llashni mutlaqo ishlatish mumkin emasligiga olib
keladi.
Nosinusoidallik ventilli o‘zgartgichlarning normal ishlashiga manfiy
ko‘rinishda ta’sir etib, to‘g‘rilangan kuchlanish sifatini kamaytirib
yuboradi.
Dostları ilə paylaş: