O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
I.U.Raxmonov
ELEKTR TA’MINOTI ASOSLARI
Oliy ta’lim muassasalari 5310200 – Elektr energetikasi (energiyani
ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) yo‘nalishi bakalavrlari
uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
Toshkеnt - 2019
2
UO‘K 621.79.
Taqrizchilar:
Xoshimov F.A.
– “O’zbekenergo” AJ «Ilmiy texnika markazi» MCHJ
laboratoriya mudiri, texnika fanlari doktori, professor.
Abidov
Q.G‘.
– ToshDTU «Elektr texnikasi» kafedrasi mudiri,
texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Raxmonov
I.U. «Elektr ta’minoti asoslari». Darslik. Toshkent: 2019,
226 b.
«Elektr ta’minoti asoslari» darsligi o‘quv dasturi asosida
tayyorlangan. Mazkur darslik xorijiy adabiyotlarda keltirilgan
ma’lumotlar asosida va xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida
mazkur fanni o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar asosida
takomillashtirilib qayta nashrga tayyorlandi. Darslikda sanoat
korxonalarida elektr ta’minotini tashkil etish va loyihalash to‘g‘risida
batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Sanoat korxonalarida energiya nazorati va
hisobini amalga oshirish va avtomatlashtirilgan tizimlarni qurish
orqali energiyadan ratsional foydalanish usullari keltirib o‘tilgan. Bu
tizimlarning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilish istiqbollari va bu
boradagi chet el mamlakatlarining tajribasi misol tariqasida keltirib
o‘tilgan.
3
ANNOTATSIYA
«Elektr ta’minoti asoslari» darsligi o‘quv dasturi asosida tayyorlangan.
Mazkur darslik xorijiy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar asosida va
xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida mazkur fanni o‘qitish borasida
amalga oshirilayotgan ishlar asosida takomillashtirilib qayta nashrga
tayyorlandi. Darslikda sanoat korxonalarida elektr ta’minotini tashkil etish va
loyihalash to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Sanoat korxonalarida energiya
nazorati va hisobini amalga oshirish va avtomatlashtirilgan tizimlarni qurish
orqali energiyadan ratsional foydalanish usullari keltirib o‘tilgan. Bu
tizimlarning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilish istiqbollari va bu boradagi chet
el mamlakatlarining tajribasi misol tariqasida keltirib o‘tilgan.
Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |