O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona davlat Universiteti



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə6/20
tarix10.06.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#61176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Yangi MD

1.3 Bob bo’yicha xulosalar
1. Jamoa bo’lib hayot kechiruvchi hashorotlarning mavsumiy rivojlanishi, biologiyasi, ekologiyasini va zarar keltirishini o`rganishga oid kuzatish hamda amaliy tajribalar olib borildi.
2. Shiralarning ozuqa o’simliklarini aniqlash, ularning rivojlanishinio’ziga xos xususiyatlarini o’rganish uchun Materiallar A.K.Mordvilko (1910), V. P. Nevskiy (1929 yil ) M. I. Narziqulov (1952 yil), G.X.Shaposhnikov (1952, 1964), V.A.Mamontova-Soluxa, I.A.Cherkasova (1967), M.H.Ahmedov, J.Qo‘shoqov, I.Zokirovlar (2007) taklif etgan uslublar asosida yig‘ildi va qayta ishlandi.
3. Zararkunandalarning qishki tinim davrini o’rganish maqsadida kuzatish ishlari nafaqat vegetatsiya mavsumi, balki tinim davrida ham uzluksiz davom ettirildi.
4. Termitlarning biologiyasi, ekologik xususiyatlari, populyatsiyalarining tuzilishiga oid ma’lumotlar D.P.Jujikov, E.X.Zolotarev, M.S.Gilyarov va boshqalar ma’lumotlaridan foydalanildi.

II BOB HASHOROTLARNING JAMOA BO’LIB YASHASH XUSUSIYATLARI


Bir qancha hasharotlar minglab individlardan iborat yirik jamoa (oila) hosil qilib yashash xususiyatiga ega. Odatda jamoa tuzilishi va bajaradigan vazifalari bilan bir- biridan farqlanadigan bir necha guruh individlardan tashkil topadi. Jamo- aning kelib chiqishi shu jamoa ichida ijtimoiy instinktning paydo bo'lishi bilan chambarchas bog‘liq. Hasharotlar jamoasi funksional jihatdan yax- lit bolganligi tufayli, undagi har qaysi individning mustaqil yashab ketish imkoniyati juda cheklangan. Shu sababdan, ba’zan hasharodar oilasiga “o‘ta organizm” sifatida qaraladi. Birgalikda yashash evolyutsiya davomida individlar orasida mehnat taqsimotini yuzaga keltirgan. Ulardan bir guruhi in qurish, boshqalari oziq yig‘ish, uchinchi guruhlari nasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish kabi vazifalami bajarishga ixtisoslashgan. Bunday kooperatsiya tufayli tuzilishi hamda bajaradigan vazifalari bilan bir-biridan farq qiladigan individlardan tarkib topgan jamoa bo‘lib yashovchi hasharotlar polimorfizmi yuzaga kelgan .Ко‘pchilik hasharotlar jamoasi bir necha tabaqa-kastalardan tashkil topadi. Termitlar va chumolilar oilasida normal rivojlangan urg'ochi va erkak hasharotlar bilan birga ko'p miqdorda ishchi individlari ham bo'ladi. Ishchilarining soni boshqa jinsiy individlar sonidan bir necha yuz baravar ko'proq; bo'ladi. Ishchilar oilada inni kengaytirish, oziq yig 'ish, lichinkani parvarishlash va boqish bilan bog'liq bo'lgan barcha yumushlami bajaradi. Ayrim hollarda tabaqalanish yanada chuqurlashib borib, kuchli jag'larga ega bo'lgan qo'riqchi individlar (navkarlar) ning paydo bo 'lishiga olib keladi. Oiladagi turli tabaqaga mansub individlar bir-biridan tuzilishi va instinkti bilan farq qiladi. Ishchi va qo'riqchi hasharotlar odatda voyaga yetmagan pushtsiz individlardan iborat. Evolyutsiya jarayonida jamoadagi individlar ancha mukammal infor matsiya almashinuv xususiyatiga ega bo'lgan. Masalan, asalarilar raqsga tushganga o'xshash likillash harakatlari orqali nektar yig'iladigan joy yo'nalishi va ungacha bo'lgan masofani bildirishi mumkin. Arming yuqori tomoniga harakati quyoshga tomon yo'nalishga mos keladi. Harakat orqali informatsiya almashinish boshqa bir qancha hasharotlar uchun ham xos bo'lgan xususiyatdir. Jamoa bo'lib yashovchi hasharotlarda nasi to'g'risidag'amho'rlik ham ancha xilma-xil va murakkabdir. Hasharotlar lichinkalami faqat oziq bilan ta’ minlab qolmasdan balki ulami oziqlantiradi va qo'riqlaydi. Bu hodisa chumolilarda ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ishchi chumolilar lichinkalami doimo inning bir kamerasidan sharoiti bir muncha qulay bo‘lgan boshqa kameralarga ko'chirib turadi. Ishchi chumolilarning bunday harakatlarini boshqa hollardagi kabi tug‘ma instinkt boshqaradi. Ishchi chumolilami lichinkalar ajratib chiqaradigan maxsus hidli moddalar boshqarib turadi. Optimal sharoitda bu moddalar ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Sharoit yomonlashuvi bilan bu moddalaming kam ishlab chiqarilishi ishchi chumolilar uchun lichinkalami boshqa joyga kо‘chirishga signal bo‘lib xizmat qiladi. Natijada ular harakatsiz lichinkalarni boshqa kameralarga ko'chira boshlaydi. Hasharotlar jamoasining oziqlanishida nektar va gul changi yig‘ish, boshqa hayvonlami ovlash bilan bir qatorda maxsus “xo‘jalik yuritish” ham katta ahamiyatga ega. Xuddi shu maqsadda termitlar o‘z uyasida zamburug1 o‘stirish bilan shug'ullanadi. Ular zamburug’ gifining uchidan uzib olib ta’til qilib turishadi. Urg'ochi termit yangi koloniyaga asos solar ekan zamburug1 mitseliysining bir qismini uzib, ichagining oldingi qismidagi maxsus xaltachaga soladi va yangi iniga keltirib o‘stiradi. Chumolilar bilan shira bitlari o‘rtasidagi o‘zaro simbiotik munosabatlar, individlaming bir-birini oziqlantirishi va jamoadagi boshqa murakkab hatti-harakatlar uzoq davom etib kelayotgan evolyutsiyaning natijasidir.[2]



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin