Xondamir ham Hirotda tug’ilib, yoshligidan tarixnavislikka havas qo’yadi. U Agrada vafot etadi.
Uning muhim
risolalari «Makorim ul-axloq», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qo’llanma» va boshqalardir.
X1V-XV asrlarda mantiq, tabiy-ilmiy fanlar,
ayniqsa falakiyot, falsafa va axloqshunoslikka katta e’tibor berildi.
Mantiq ilmining yirik vakillaridan biri
Sa’diddin Taftazoniy
dir (1322-1392) u Niso viloyatiga qarashli Taftazon
qishlog’ida dunyoga keladi.
Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq san’ati va mantiq bilan shug’ullanadi.
Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi. Turkiston, Hirot, Jom, G’ijduvon madrasalarida talabalarga dars berdi.
Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlariga keng tarqaldi. Temurning
taklifi bilan alloma
Samarqandga kelib, shu erda umrining oxirigacha yashadi.
Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Tahzib al-mantiq val-kalom» («Mantiq va kalomga
sayqal berish») «Muxtasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «Qisqacha ma’nolar»), «Al-irshod al-hodiy», (Arab tili
gramatikasiga oid «Yo’l boshlovchi rahbar»), «Al-maqosid at-tolibin» («Falsafa va kalomga oid «Tolibi ilmlarning
maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o’tmish olimlarining juda ko’p asarlariga sharhlar ham bitgan.
Alloma
sabab va oqibat, iroda erkinligi, bilish, ong, mantiq fani va uning vazifalari haqida o’z fikrini bayon qilgan. Masalan,
u tabiatda sabab va oqibat munosabatlarining mavjudligini e’tirof etadi. Taftazoniy iroda erkinligiga to’xtalib,
har qanday ezgu
ishlar xudoning mohiyatidan kelib chiqadi. xudo yaratuvchi sifatida insonlarni yomon xatti-harakatlar qilishdan saqlaydi,
insonni
ko’proq xayrli ishlar qilishga chorlaydi, gunoh ishlardan qochishga da’vat etadi, deb aytadi.
O’sha davrning yana
bir atoqli allomasi
Dostları ilə paylaş: